Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt viloyatda bittadan tumanda yangi hokim ish boshladi
12 avgust kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Sirdaryo viloyatining Guliston, Xorazm viloyatining Xiva va Samarqand viloyatining Payariq tumanlarida rahbarlar almashdi. Guliston va Payariqda to‘rt sektor rahbari ham ishdan ketgan.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirokida G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan sessiyada Murodjon Umarov tuman hokimligidan ozod etildi.
Muqaddam viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Umarov 2016 yilda G‘ijduvon tumani hokimligiga tayinlangandi.

Uning o‘rnida 2018 yildan buyon Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Sherzod Ashurov ish boshladi.

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirokida Guliston tumanida o‘tkazilgan sessiyada Shavkat G‘ofurov tuman hokimligidan olindi.
G‘ofurov 2018 yil 18 oktyabrdan buyon Guliston tumanini boshqarib kelayotgandi. U bilan birga to‘rt sektor rahbari - prokuror, IIB va DSI boshliqlari ham ishdan ketgan va ularning o‘rniga yangilari tayinlangan.

Endilikda tumanga 2012 yildan buyon Tovar-xomashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Saydimqul Begimqulov rahbarlik qiladi.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov ishtirokida Xiva tumanida o‘tkazilgan sessiyada Ozod Matyoqubov tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Muqaddam sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida ishlagan Matyoqubov 2017 yil yozidan buyon Xiva hokimi edi.

Uning o‘rniga viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Hurmat Matrasulov yangi hokim etib tayinlandi.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirokidagi sessiyada Payariq tumanida to‘rtlik ishdan olindi.
2019 yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Dilshod Musinov hamda tuman prokurori, tuman bosh militsioner va tuman bosh soliqchisi ishdan ketgan.

Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Zafar Ergashev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:40 / 01.07.2025
G‘ijduvonda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan ketdi

11:32 / 01.07.2025
Video: G‘ijduvon davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltakladi

23:37 / 01.05.2025