O‘quvchilar o‘rtasida Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi
Tanlov fevralning oxirgi kunlarida butun respublikaning maktab hamda akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladi. Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan, olimpiada g‘oliblari esa oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi. Munosiblarga xalqaro universitetda o‘qish uchun 100 foizlik grant ajratilishi ham va’da qilingan.
2024 yilning 24-25 fevral kunlari Toshkent xalqaro matematika olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda 3-11 sinf o‘quvchilari onlayn shaklda ishtirok etadi. Bu haqda Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Qayd etilishicha, tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar kesimida umumta’lim muassasalari — maktablar, akademik litsey hamda ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan, g‘oliblar esa oltin, kumush, bronza medallari, pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Jami mukofot jamg‘armasi 450 mln so‘m. Qolaversa, olimpiadada munosib ishtirok etganlarga xalqaro universitetda o‘qish uchun 100 foizlik grant ajratilishi ham va’da qilinmoqda.
Olimpiadada ishtirok etish uchun Telegram’da maxsus botdan (@tasimo_bot) ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
-
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:36
-
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi
O‘zbekiston | 20:13
-
Zelenskiy va Tramp telefon orqali muloqot qildi
Jahon | 20:06
Mavzuga oid

14:41 / 10.05.2025
Toshkentda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi o‘tkaziladi

10:45 / 12.07.2023