O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi
Ularga 66 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
5−13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida o‘tayotgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 3 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Sovrindor o‘quvchilar:
- Ozodbek Axtamov — Toshkent shahri Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
- Anvarbek Rahmatov — Buxoro viloyati Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
- Anvarbek Sadulloyev — Buxoro viloyati Peshku tumani 18 -maktab 11-sinf o‘quvchisi.
Ushbu olimpiadada dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, prezident qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), uning ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofoti beriladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihoni 10-12 iyulda bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 11:25
-
Kiyev uchun qurol: AQSh Kongressi vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ramoqda
Jahon | 11:05
-
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
O‘zbekiston | 11:00
-
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi
O‘zbekiston | 10:48
Mavzuga oid

14:41 / 10.05.2025
Toshkentda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi o‘tkaziladi

10:26 / 02.02.2024