O‘zbekistonda «Yosh vatanparvar» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Foto: regulation.gov.uz
Mudofaa vazirligining “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.
Belgilanishicha:
a) ko‘krak nishoni idoraviy mukofot hisoblanib, har yili 30 iyun – “Yoshlar kuni”da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi;
b) ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida ta’lim olayotgan o‘quvchi o‘g‘il bolalar mudofaa vazirining buyrug‘i asosida mukofotlanadi;
v) ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari doirasida, vazirlik budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
g) ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga ikki yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:
harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda, birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha ravishda 3 ball ko‘rinishida.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28
-
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi
O‘zbekiston | 22:06
-
Uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi, Xorazmda hokim o‘rinbosari 8 yilga qamaldi va Toshkentda 11 yosh qizni tok urdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:59
Mavzuga oid

08:51 / 21.11.2022
Harbiy ayollar uchun «To‘maris» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

07:56 / 11.11.2022
«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni ta’sis etildi

12:02 / 27.10.2022
Ta’lim sohasida mehnat qilayotganlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

12:10 / 12.09.2022