AEXA loyihalarida O‘zbekiston mutaxassislarining ishtiroki kengaytiriladi
O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) bosh direktori o‘rinbosari, Texnik hamkorlik departamenti rahbari Lyu Xua bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo AA
«Dunyo» xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Lyu Xua Texnik hamkorlik departamenti O‘zbekistonga atom energetikasini rivojlantirish, zamonaviy yadro texnologiyalarini joriy etish va qo‘llashda bundan keyin ham yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida agentlikning 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi texnik hamkorlik dasturiga alohida e’tibor qaratildi. Dasturda O‘zbekistonning kadrlar salohiyatini oshirish hamda atom energetikasi va xavfsizligi, sog‘liqni saqlash va ekologik muammolarni hal etishda hamkorlikda faoliyat olib borishga qaratilgan yangi milliy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
AEXA bosh direktori o‘rinbosari zoonoz kasalliklarga (ZODIAC), plastik ifloslanishga (NUTEC Plastics), saratonga (Rays of Hope) qarshi kurash va qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish (Atoms4Food) bo‘yicha yangi tashabbuslar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda O‘zbekiston mutaxassislarining ishtirokini kengaytirish hamda bu boradagi hamkorlikni jadallashtirishni taklif qildi.
Lyu Xua Atoms4Food loyihasini O‘zbekiston bilan eng istiqbolli hamkorlik sifatida e’tirof etdi. Ushbu loyiha XAEA va FAOning qariyb 60 yil davomida to‘plagan yadro va izotop texnologiyalaridan foydalanishda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma tajribasiga tayanadi.
Mavzuga oid

15:50 / 13.05.2025
O‘zbekiston va AEXA yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kelishib oldi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

17:25 / 07.03.2025
O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

20:52 / 31.01.2025