O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
Elchi Baxtiyor Ibragimov Slovakiya prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Baxtiyor Ibragimov ushbu mamlakat prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Qayd etilishicha, Bratislavadagi «Grassalkovichlar» saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichiga ko‘tarilayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, joriy yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda salmoqli qo‘shma tadbirlar belgilangani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Baxtiyor Ibragimov 2023 yil noyabr oyida O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlangan edi. Shuningdek, u 2023 yilda shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan YeXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti, AEXA kabi xalqaro tashkilotlardagi mamlakat rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingandi.
Joriy yil yanvar oyida esa u Albaniya prezidenti Bayram Begayga O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi sifatidagi ishonch yorlig‘ini topshirgan edi.
Mavzuga oid

18:13 / 04.04.2025
Slovakiyada 350 tagacha ayiqni otishga ruxsat berildi

09:21 / 29.03.2025
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi

11:32 / 22.03.2025
Slovakiya yana Fitso kursiga qarshi ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tdi

13:17 / 08.03.2025