Xitoyda dunyodagi eng yirik yadroviy konteyner kemasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
U 24 mingta konteynerni tashish quvvatiga va toriy bilan ishlaydigan atom reaktoriga ega bo‘ladi.

Xitoyning Tszyannan kemasozlik zavodi 24 mingta standart konteynerni tashish quvvatiga ega, eritilgan tuz reaktoridan quvvat oladigan kema qurish rejalarini e’lon qildi. Kompaniya Shanxayda bo‘lib o‘tgan Marintec China ko‘rgazmasida keng ko‘lamli loyihani taqdim etdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, endi asosiy e’tibor kelajakdagi konteyner kemasining elektr stansiyasiga qaratilgan. Ehtimol, u toriy bilan ishlaydigan atom reaktori bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha, toza atom energiyasi bilan ishlaydigan ulkan konteyner kemasining yaratilishi kemasozlikda global yutuq bo‘ladi. Yangilik allaqachon DNV GL xalqaro tasniflash jamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va u loyihaga sertifikat bergan.
Qayd qilish joiz, an’anaviy dizel dvigatelida ishlaydigan dunyodagi eng yirik konteyner tashuvchi kema ham Xitoyga tegishli. Ulkan OOCL Felixstowe kemasi Dalian COSCO KHI kemasozlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va 24 mingdan ortiq konteynerni sig‘dira oladi. Uning palubasi uch yarimta futbol maydoniga, balandligi 22 qavatli uyga teng. Felixstowe 2023 yil avgust oyida suvga tushirilgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Navoiyuran” xalqaro reytingini yanada oshirdi
O‘zbekiston | 15:00
-
1 oktyabrdan davlat xizmatchilarining xizmat safarlari va xarajatlarini onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston | 14:57
-
Kreml: Ukraina bilan halok bo‘lganlar va asirlarni almashish bo‘yicha o‘zaro tushunish yo‘q
Jahon | 14:56
-
O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida yo‘l harakatini boshqarish tizimi joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:55
Mavzuga oid

16:09 / 30.05.2025
O‘zbekiston va Italiya atom energiyasi sohasida hamkorlik qiladi

12:20 / 15.04.2025
Farg‘onada Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazi ochiladi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025