O‘zbekiston va Italiya atom energiyasi sohasida hamkorlik qiladi
«O‘zatom» agentligi va Italiyaning Ansaldo Energia S.p.A. kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston va Italiya atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida uzoq muddatli, barqaror va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
Xususan, «O‘zatom» agentligi va Italiyaning Ansaldo Energia S.p.A. kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat Italiya kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari va tajribasini qo‘llagan holda kadrlar va ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan.
Ansaldo Energia S.p.A. – Yevropa energetika sektorining yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, energetika uskunalarini (gaz va bug‘ turbinalari va mos keluvchi generatorlar) loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazib berish, bosh-montaj va sozlash, hamda energetika uskunalariga kafolatli va undan keyingi xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.
Ushbu tashkilot o‘zining shu’ba kompaniyalaridan biri orqali atom sohasidagi barcha faoliyatni qamrab oladi, yangi atom elektr stansiyalarini loyihalash va qurishda innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga, ekspluatatsiyadan chiqarilgan atom stansiyalarini xavfsiz demontaj qilishni ta’minlashga, shuningdek, radioaktiv chiqindilarni boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kimga imtiyozli ijtimoiy xizmatlar uchun vaucher beriladi?
O‘zbekiston | 09:03
-
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:41
-
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:36
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
Mavzuga oid

19:45 / 20.06.2025
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi

12:32 / 16.06.2025
Yevropa janubida ommaviy turizmga qarshi mitinglar o‘tkazildi

11:35 / 12.06.2025
Assystem «O‘zatom»ga AES loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi

16:09 / 11.06.2025