Shohrux Davlatov marafon dasturida Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Sportchi Ispaniyadagi turnir orqali 4 yillikning nufuzli musobaqasiga borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohrux Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpidasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.
Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan 15-yo‘llanmasi bo‘ldi.
Davlatov Ispaniyada o‘tgan Valencia Marathon Trinidad Alfonso turnirida 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun qo‘yilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniya yaxshiroq natija.
Shohruh ushbu ko‘rsatkich bilan 38 yil avval o‘rnatilgan milliy rekordni (2:13:28) ham yangiladi. Valensiyadagi musobaqada Davlatov umumiy hisobda 18-o‘rinni egallagan.
Ta’kidlanishicha, surxondaryolik atlet so‘nggi 2 yil ichida bir necha oy davomida Keniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:41
-
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:36
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
Mavzuga oid

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

16:17 / 01.05.2025
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi

19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi

12:58 / 21.01.2025