Xitoyda dunyoda birinchi bo‘lib robotlar va insonlar o‘rtasida marafon o‘tkaziladi
Musobaqada istalgan kompaniyalarning robotlari qatnashishi mumkin, ammo ayrim talablarga javob berishi kerak.

Foto: AFP
Yaqin orada Xitoyda yugurish bo‘yicha o‘tkaziladigan yarim marafonda dunyoda birinchi marta robotlar insonlarga jiddiy raqib bo‘ladi, deb yozmoqda South China Morning Post nashri. Ushbu inqilobiy marafon aprel oyida Pekinning Daksin tumanida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jami 12 000 ishtirokchi 13 mil yoki 21 kilometr masofani bosib o‘tishi kerak, ulardan faqat uchtasi sovrinlarni qo‘lga kiritadi. Shu bilan birga, sportchi-robotlar soni hozircha noma’lum.
Musobaqada qatnashish uchun dunyoning turli kompaniyalari, institutlari va klublariga tegishli robotlarga ruxsat beriladi, ammo ba’zi cheklovlar mavjud. Asosiy talab — qurilma tashqi tomondan odamga o‘xshashi va ikki oyoqda yugurish va yurish uchun mexanik tuzilishga ega bo‘lishi kerak. G‘ildirakli bazasi bo‘lmagan, balandligi 0,5 metrdan 2 metrgacha keladigan robotlar unda qatnasha oladi. Bunda masofadan boshqariladigan hamda to‘liq avtonom mashinalardan foydalanish mumkin, musobaqa davomida esa batareyani almashtirishga ruxsat etiladi.
Bu robotlarning marafonda ishtirok etishiga ruxsat berilgan birinchi holat emas — lekin ilgari ular yo faqat masofaning bir qismini yugurishgan, yoki odamlar bilan bellashmagan. Masalan, Koreyaning RAIBO2 mashinasi bir zaryadda 4 soat davomida 42,2 kilometr masofani bosib o‘tib, chidamlilik bo‘yicha sezilarli rivojlanish ko‘rsatgan. Tiangong roboti esa Pekindagi yarim marafonda ishtirok etib, yuguruvchilarni ruhlantirish maqsadida ularga finish chizig‘ida qo‘shilgan.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti» va «Yuve»da oson g‘alabalar. Kun o‘yinlari
Sport | 12:27
-
Qashqadaryoda kombayn ichiga tushib ketgan uch yoshli bola shifoxonaga yotqizildi
Jamiyat | 12:17
-
OAV: Tramp rejani ma’qullagan, lekin Eronga zarba berish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan
Jahon | 12:12
-
Sotib yuborilayotgan bog‘, maktab va bog‘cha hududlari. Nima qilish kerak?
O‘zbekiston | 12:02
Mavzuga oid

18:13 / 06.06.2025
Xitoyda yuzlab robotlar uchta tarixiy binoni ko‘chirdi

17:01 / 30.05.2025
Gretsiyada birinchi marta robotlar olimpiadasi o‘tkaziladi

22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi

23:21 / 08.05.2025