Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Poytaxt ko‘chalarida 2000 kishi ishtirokida 5 km masofa yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu bois soat 11:00 gacha ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkentda 9 may kuni 2000 kishi ishtirokida 5 kilometr masofa yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida soat 05:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralg‘ida transport vositalarining harakati quyidagi ko‘chalarda vaqtincha cheklanadi:
- Cho‘ponota ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Unga tutash bo‘lgan Nurxon, Arnasoy, Sa’di Sirojiddinov va Bog‘ibuston ko‘chalari.
«Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda haydovchilardan yondosh va aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, marafon ishtirokchilariga uchburchak shaklidagi front maktubiga o‘xshatib ishlangan yoki frontchilarning familiyalari yozilgan konvert-maktub beriladi. Xatning orqa tomonida urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarning ismi, qisqacha hayoti yoki iqtibos keltiriladi.
Har bir yuguruvchi ramziy ma’noda «xatni o‘z egasiga yetkazib beradi» – uni katta xotira taxtasiga yopishtiradi, marraga yetib kelganlar askarlarning ismi yozilgan qog‘oz parchalarini ham yopishtiradi, shu tariqa, xotira devori paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid

11:16
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?

19:00 / 22.05.2025
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun call-markazni ishga tushirdi

18:50 / 22.05.2025