Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sobiq bosh vaziri Mixail Kasyanov «chet el agenti» deb e’lon qilindi
U 2000 yil mayidan 2004 yil fevraligacha Rossiya hukumati raisi lavozimida ishlagan. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi chiqqan va «Rossiya urushga qarshi qo‘mitasi» a’zosi hisoblanadi.

Foto: TASS
Rossiya Adliya vazirligi «chet el agentlari» ro‘yxatiga siyosatchi va mamlakatning sobiq bosh vaziri Mixail Kasyanovni kiritdi.
Adliya vazirligi bayonotida aytilishicha, Kasyanov «chet el agentlari» materiallarini yaratish va tarqatishda ishtirok etgan, Rossiya hukumati qarorlari haqida «noto‘g‘ri ma’lumot» tarqatgan, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi chiqqan va «xorijiy tuzilmalar tomonidan taqdim etilgan axborot platformalarida respondent sifatida ishtirok etgan».
«Chet el agentlari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar bilan bir qatorda u Rossiya Federatsiyasining tashqi va ichki siyosatini obro‘sizlantirishga qaratilgan «Rossiya urushga qarshi qo‘mitasi» a’zosi. Rossiya Federatsiyasidan tashqarida yashaydi», deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Mixail Kasyanov 2000 yil mayidan 2004 yil fevraligacha Rossiya hukumati raisi lavozimida ishlagan.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, «chet el agenti» deb e’tirof etilgan fuqarolar va tashkilotlar o‘z faoliyati va xarajatlari to‘g‘risida Adliya vazirligiga muntazam ravishda hisobot taqdim etishi, barcha maqolalarida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham «chet el agenti» ekanini belgilab qo‘yishi shart.
2022 yildan boshlab, ularga dars berish, axborot mahsulotlari yaratish, ommaviy tadbirlar tashkil etish, saylov komissiyasi a’zosi bo‘lish taqiqlandi. 2022 yil oxiridan boshlab Adliya vazirligi chet el agentlarining yagona reyestrini yuritib kelmoqda.
2023 yilda Vladimir Putin chet el agentlari haqidagi qonunni kuchaytiruvchi yana bir qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Adliya vazirligi chet el agentlari bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarga qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymasligi to‘g‘risida ogohlantirish berishi mumkin. Bu shaxslarga nisbatan Adliya vazirligi tomonidan rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazilishi ham mumkin. Adliya vazirligining qonunbuzarliklarni bartaraf etish talablariga rioya qilmagani uchun fuqarolar 50 ming rublgacha, mansabdor shaxslar 100 ming rublgacha va yuridik shaxslar 300 ming rublgacha jarimaga tortiladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

23:14 / 16.07.2025
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?

22:11 / 16.07.2025
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi

16:31 / 16.07.2025
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi

12:04 / 16.07.2025