Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Singapur instituti 500dan ortiq talabani kursdan qoldirgani bo‘yicha izoh berildi
Singapur menejmentini rivojlantirish institutining 532 nafar talabasi akademik nizom talablarini qo‘pol ravishda buzgan. OTM har bir talaba holatiga individual yondashib, akademik huquqbuzarligi tahlil etilishini ma’lum qildi.

Foto: rank.uz
Toshkent shahridagi Singapur menejmentini rivojlantirish instituti (TSMRI)ning 500dan ortiq talabasi kursdan kursga qolgani aytilgan video yuzasidan oliygoh izoh berdi.
Qayd etilishicha, videoda Sanderlend universiteti ta’lim dasturi asosida TSMRIda bakalavr bosqichida o‘qiyotgan talabalarning to‘planib turgani ko‘rsatilgan. Ular “Akademik nizom talablari”ga rioya etmagani uchun qayta o‘zlashtirish imtihonlaridan o‘ta olmagan, shuningdek, o‘quv jarayonlari bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan markaziy ro‘yxatga olish va imtihon bo‘limiga murojaat qilgan talabalar bo‘lgan.
Sanderlend universiteti ta’lim tizimiga ko‘ra, talabaga fanni o‘zlashtirish uchun jami 4 marotaba imkoniyat beriladi. Shundan so‘ng ham talaba fanni o‘zlashtira olmasa, talabalar safidan chetlashtiriladi.
Institut ma’muriyatining ma’lumot berishicha, 2022-2023 o‘quv yilida Sanderlend universiteti ta’lim dasturi asosida 2313 nafar talaba tahsil olgan bo‘lib, shundan 532 nafari akademik nizom talablarini qo‘pol ravishda buzgan (kurs ishlarida me’yordan ko‘p plagiat qayd etilishi – “plagiarism” hamda ko‘chirmakashlik qilish yoki shpargalkalardan foydalanish holati – “cheating”).
Oliygoh masala bo‘yicha Sanderlend universiteti akademik kengashi tomonidan har bir talaba holati individual o‘rganib chiqilishi va akademik huquqbuzarligi tahlil qilinishini bildirgan.
“Hamkor universitetlar tomonidan olib borilayotgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida bir necha kun ichida talabalarga ma’lum qilinadi. Talabalarning statuslari (fanni o‘zlashtirganlik holati) aniq bo‘lgunga qadar, vaqt yo‘qotmaslik maqsadida mazkur talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etilib, ular tegishli fanlarga yo‘naltirildi. Hozir talabalar o‘quv jarayonlarida ishtirok etyapti”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
Ma’lumot uchun, institutda bir yillik o‘quv shartnoma to‘lovi 32 mln 256 ming so‘m. Qayta o‘zlashtirishga qolgan talaba faqatgina qayta o‘qiyotgan fani uchun to‘lovni amalga oshiradi. Buyuk Britaniya ta’lim standartlari asosida TSMRIda o‘quv har yili oktyabr oyidan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

10:00 / 20.03.2024
Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi

17:00 / 19.02.2024
Endi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ham ACCA va IELTS imtihonlari o‘tkaziladi

10:00 / 18.01.2024
O‘zsanoatqurilishbank va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

22:20 / 18.11.2017