Endi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ham ACCA va IELTS imtihonlari o‘tkaziladi

Foto: Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rasman "British Council"ning ACCA va IELTS test hamkoriga aylandi.Joriy yil bahorda mazkur muassasada ACCA va IELTS imtihonlari topshirish mumkin.
Joriy yilning 16 fevral kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida TSMRI (Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) va "British Council" o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumi ta’lim sifatini oshirishda hamda yoshlarni yetuk kadr qilib yetishtirishda muhim omil ekanligi, kelgusida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratishi ma’lum qilindi.
TSMRI rektori doktor Ilhom Mamatqulov va "British Council"ning O‘zbekistondagi direktori Denis Ueddingxem boshchiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda TSMRI rasmiy ravishda IELTS ro‘yxatga olish markazi hamda ACCA va IELTS test hamkoriga aylandi. Bu esa o‘z navbatida institut talabalari va xodimlari uchun bir qator imtiyozlarni taqdim etadi. Shuningdek, 2024 yilning bahoridan boshlab TSMRI kampusida ACCA va IELTS imtihonlarini o‘tkazilishiga kelishildi.
Reklama
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi
Jahon | 17:07
-
Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 16:42
-
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish jarayoni boshlandi
O‘zbekiston | 16:33
-
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14
Mavzuga oid

10:00 / 20.03.2024
Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi

10:00 / 18.01.2024
O‘zsanoatqurilishbank va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

11:17 / 18.10.2023
Toshkentdagi Singapur instituti 500dan ortiq talabani kursdan qoldirgani bo‘yicha izoh berildi

22:20 / 18.11.2017