Qozog‘istonda bedarak yo‘qolgan fuqaro qidirib topilib, O‘zbekistonga qaytarildi
Izboskan tumanida yashovchi fuqaro Chimkent viloyatida bedarak yo‘qolgan.

Foto: Dunyo AA
Joriy yil 16 may kuni Ishonch axborot portalida Qozog‘istonda o‘zbekistonlik fuqaro 6 yildan beri tutqunlikda ushlab turilgani to‘g‘risida maqola e’lon qilingan edi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi A.A.ni qo‘shni ayol Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga chaqirib, aldov yo‘li bilan allakimga sotib yuborgani va shu tariqa bedarak yo‘qolganiga oid ma’lumot keltirilgan.
Mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulligi ushbu holat bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakili, "Sana Sizem" nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) va Turkiston viloyati politsiya departamentining Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlikda fuqaro A.A. qidiruvga bergan. Shu yil 11 sentabr kuni fuqaroni Turkiston viloyatining Ordabasi tumani politsiyasi ko‘magida izlab topishga muvaffaq bo‘lindi.
Mamlakat fuqarosining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida u "Sana sizem" NNT tomonidan yotoq-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlandi. Shuningdek, A.A.ning arizasi nazoratga olinishi yuzasidan Bosh konsullik tomonidan Qozog‘istonning tegishli tashkilotlariga murojaat qilindi.
So‘ngra fuqaroga Bosh konsullik vatanga qaytish guvohnomasini bergan hamda "Sana Sizem" NNT xodimi bilan hamrohlikda u "Jibek-joli - G‘ishtko‘prik" chegara o‘tkazish punkti orqali mamlakatga qaytarilgan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Rossiyada yangi «chet el agentlari»: komik, rep ijrochi va «Memorial» yuristi
Jahon | 13:18
-
Polsha prezidenti Duda Kiyevga keldi
Jahon | 13:17
-
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi
O‘zbekiston | 12:58
Mavzuga oid

12:38
Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari narxi arzonlashdi

20:48 / 26.06.2025
Qozog‘istonda armiyaga SMS orqali chaqirishga ruxsat beriladi

17:11 / 22.06.2025
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

23:43 / 21.06.2025