Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yangi «chet el agentlari»: komik, rep ijrochi va «Memorial» yuristi
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular «Rossiya hukumati qarorlari va siyosati haqida yolg‘on ma’lumotlar» va «chet el agentlari» materiallarini tarqatgan, shuningdek, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan va Ukrainadagi urushga qarshi chiqqan.

Foto: AP
27 iyun, juma kuni Rossiya Adliya vazirligi «chet el agentlari» ro‘yxati kengaytirilganini ma’lum qildi. Ro‘yxatga «Memorial» yuristi Tamila Imanova, «Vijdonli bosh tortganlar harakati» yuristi Artem Kliga, psixolog Ivan Zvyagin, bloger Yevgeniy Yegorchenko, Fransiyada yashovchi shoir va rep ijrochi Naum Blik (haqiqiy ismi Dmitriy Iordatiy), komik va «Oddiy odamlar» KVN jamoasining sobiq a’zosi Yevgeniy Trikoz kiritilgan.
Rossiya Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular boshqa narsalar qatorida «Rossiya hukumatining qarorlari va siyosati haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan», xorijiy tashkilotlar bilan aloqa qilgan, boshqa «chet el agentlari» materiallarini tarqatgan, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi urushiga qarshi chiqqan.
Yevgeniy Trikozning YouTubeʼda 186 ming obunachisi bor. O‘z videolarida u Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tanqid qiladi va rus tashviqoti haqidagi pozitsiyani masxara qiladi. 2024 yil yanvar oyida komik Rossiya prezidentligiga urushga qarshi nomzod Boris Nadejdinni ko‘rsatish uchun imzo chekkanini aytdi. Aleksey Navalniy vafot etgan kuni Trikoz TikTokʼda «Rossiya ozod bo‘ladi» deb nomlangan videoni joylashtirdi. 2024 yil fevral oyida sobiq KVNchi Z-faollar tomonidan internetda ta’qib qurboniga aylangani haqida xabar berdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Rossiya Federatsiyasida, ham xorijda «chet el agentlari» uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. 24 iyun, seshanba kuni Rossiyaning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 19.4-moddasi yangi qismida «chet el agentlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining qonuniy talablariga rioya qilmaslik» uchun jarimalar nazarda tutilgan.
Davlat dumasining xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Vasiliy Piskarevning ta’kidlashicha, bu, xususan, «Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligining aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha talablarini e’tiborsiz qoldiradiganlar» haqida. Nafaqat «chet el agenti» belgisi yo‘qligi, balki tasdiqlangan shaklga mos kelmasligi uchun ham jarima solinadi. «Hech kim chet elda bo‘lish jazodan ozod qiladi, deb o‘ylamasligi kerak», dedi Piskarev.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30 / 12.07.2025