Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari narxi arzonlashdi
Qozog‘istonda Chevrolet brendiga tegishli kamida uchta model: Cobalt, Onix va Tracker’ning narxi pasaytirildi. Brend vakillari bu o‘zgarishni narxlarni doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqish siyosatining bir qismi deb atadi.

Foto: REUTERS/Andrew Kelly
Qozog‘istonda yangi Chevrolet avtomobillari narxi sezilarli darajada arzonlashdi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan nashri xabar berdi.
Narxning pasayishi brendning kamida uchta modeliga ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, Cobaltʼning Optimum komplektatsiyasi narxi 8,19 mln tengedan (198,1 mln so‘m) 7,29 mln tengega (176,3 mln so‘m) pasaygan bo‘lsa, Onixʼning mexanik uzatmalar qutisiga ega bazaviy modeli 6,99 mln tengegacha (169,1 mln so‘m), Tracker’ning boshlang‘ich narxi esa 9,99 mln (241,7 mln so‘m) tengega tushirilgan.
Chevroletʼning Qozog‘istondagi rasmiy vakillari bu o‘zgarishni kompaniyaning narx siyosatini doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqish siyosatining bir qismi sifatida baholagan.
«Narxlarni muntazam ravishda ko‘rib chiqish siyosati doirasida va joriy bozor sharoitlarini inobatga olgan holda Qozog‘istonda Chevrolet brendining ba’zi modellari narxi arzonlashtirildi. Ushbu qaror Chevrolet avtomobillarini mijozlarimiz uchun yanada qulayroq qilish maqsadida qilingan», deyiladi rasmiy bayonotda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
-
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda
O‘zbekiston | 15:48
-
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars
Jahon | 15:28
-
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi
O‘zbekiston | 14:18
Mavzuga oid

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

14:32 / 09.07.2025
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025