Toshkent metrosi bekatlarining ventilyatsiya tizimi eskirgani ma’lum qilindi
Yo‘lovchilar oqimi keskin ortib borayotgani ko‘plab texnik nosozliklarga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Foto: Kun.uz
11 oktyabr kuni AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida «Toshkent metropoliteni» DUK bosh muhandisi Abdutohir Abduqodirov metro bekatlarining ventilyatsiyasi bo‘yicha ko‘p e’tirozlar tushayotganini tasdiqladi.
«To‘g‘ri, ventilyatsiya tizimi bo‘yicha ko‘p e’tirozlar tushadi. Hozir ahamiyat bergan bo‘lsangiz, 1977 yilda qurilgan Chilonzor liniyasining ventilyatsiyasi ma’nan eskirgan. Lekin bu narsani hali ham ushlab turibmiz. Bu borada modernizatsiya choralari ko‘rilib, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Buni yangilash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi», – deydi u.
Shuningdek, anjumanda so‘nggi kunlarda metro yo‘lovchilari soni keskin oshayotgani ta’kidlanib, bu boradagi raqamlar ma’lum qilindi.
«Bir kunda metro liniyalarida o‘rta hisobda 690-700 ming kishi harakatlanmoqda. Ayniqsa 20 sentabr sanasidan boshlab ko‘chalarda 10 ballik avtomashina tirbandligi hisobiga avtobuslardagi yo‘lovchilarning bir qismi metroga tushgani kuzatilgan.
«Yo‘lovchilar soni keskin ko‘payishi metro vagonlariga belgilangan yo‘lovchilar soni ikki barobar ko‘payishi va vagonlarga normadan ortiq yuklama tushib, metro poyezdlari tez-tez buzilishiga olib kelmoqda», deydi metropoliten xodimi.
U tig‘iz vaqtlarda yo‘lovchilar soni me’yordan ortiq bo‘lgan metro harakat tarkiblarida 2 daqiqadan 12 daqiqagacha to‘xtab qolish holatlari 4 marta kuzatilganini qayd etgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OAV: Oq uy Kongressga kamroq maxfiy ma’lumotni taqdim etmoqchi
Jahon | 10:00
-
Qonunchilik palatasida muxolifatning kafolatli huquqlari kengaymoqda
O‘zbekiston | 09:51
-
O‘zbekiston ayrim import tovarlariga qo‘llanadigan ikki karra bojni bekor qiladi
O‘zbekiston | 09:46
-
Zelenskiy: Rossiyalik barcha harbiy jinoyatchilar javobgarlikka tortiladi
Jahon | 09:45
Mavzuga oid

19:07 / 30.05.2025
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi

19:51 / 23.04.2025
Toshkent metropoliteni 2025 yilda qo‘shimcha 56 ta metro vagoni xarid qiladi

14:35 / 20.03.2025
Toshkent metropoliteni TTZ dahasigacha olib boriladi

11:28 / 02.10.2024