O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning muhim jihatlari ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 9 oktyabr kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Regina De Dominitsis bilan uchrashdi.

Foto: senat.uz
Uchrashuvda O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning muhim jihatlari ko‘rib chiqildi, aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonning BMT institutlari, xususan YUNISEF bilan munosabatlari faollashgani, mamlakatimizda qator yirik qo‘shma tadbir va loyihalar amalga oshirilayotgani, bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar samarasini ta’minlashda tuzilmaning o‘rni alohida ekani qayd etildi.
Muloqot davomida perinatal salomatlik, bolalar o‘sishi hamda rivojlanishi holatini o‘rganishga oid 2024–2025 yillarda Oziqlanish bo‘yicha ikkinchi milliy tadqiqotni o‘tkazish, bolalarda irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, shuningdek, bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish borasida amaliy hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Ta’lim, inklyuziv ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarining huquqiy-institutsional asoslarini takomillashtirish borasida ham fikr almashildi.
O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasi hamkorligida multiindikator klaster kuzatuvlarini (MICS) o‘tkazish qamrovini yanada kengaytirish hamda ushbu tadqiqotga mutasaddi davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini yanada keng jalb qilish yuzasidan sa’y-harakatlarni birlashtirishga kelishildi. Shuningdek, Bola huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini ijro etish bo‘yicha milliy harakatlar rejasini yaqin fursatda qabul qilish zaruratiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning YuNICeF bilan konstruktiv hamda samarali hamkorligini amaliy loyihalar bilan mustahkamlashga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin nega Rossiya Eronni qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi savolga javob berdi
Jahon | 23:24
-
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:56
-
Prezidentning Qashqadaryoga tashrifi, 1-sinfga onlayn qabulning boshlanishi va davlat xizmatchilari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:49
-
AQSh Eronning mudofaa sanoatiga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 22:42
Mavzuga oid

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

15:14 / 04.06.2025
2024 yil mojaro hududlarida yashayotgan bolalar uchun «tarixdagi eng og‘ir yillardan biri» bo‘ldi

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

13:44 / 30.05.2025