Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrdan ijobiy ekologik ekspertiza xulosasi bo‘lmagan obektlarga nisbatan moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish boshlanadi
Shuningdan, shu sanadan boshlab, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga yetkazilgan zararni qoplash bilan birga, zarar yetkazilgan tabiat obektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta’minlash majburiyati ham yuklanadi.

Foto: Shutterstock
Prezident “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2023 yil 1 noyabrdan boshlab ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish mexanizmi joriy etiladi.
Ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat obektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta’minlash majburiyati yuklanadi.
Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab respublikaning uzoq muddatli suv balansi prognozini yuritish, shu jumladan, uni har yili yangilash va suv resurslarini tejash dasturlarini qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining, keyinchalik esa, bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar 10 foiz stavkada (foiz stavkalarini subsidiyalash hisobiga) ajratilishi ta’minlanadi.
Atmosferaga zararli tashlanmalar hajmini kamaytirish maqsadida xalqaro “karbon market” tizimi doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar tomonidan barpo etiladigan yashil maydonlarni tashkil qilish xarajatlarini qisman jalb qilingan grant mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, barpo etilgan yashil maydonlar (yaylovlarni ozuqabop ekinlar bilan, qishloq xo‘jaligi yerlarini daraxtlar bilan qoplash) bo‘yicha kompensatsiyalar issiqxona gazlarini zararsizlantirish darajasiga mutanosib ravishda ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

17:37 / 13.05.2025
“Na ketishni bilamiz, na qolishni” - boysunliklar gaz hidi haqida

20:33 / 28.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi

17:06 / 28.04.2025
“Sudlashib, Toshkentdagi mingdan ziyod daraxtlarni asrab qolganmiz” - ekofaol Alisher Nasimov

13:47 / 28.04.2025