NHH loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish" bo‘yicha namunaviy uslubiyot Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, unda foydalaniladigan tadqiqot usullari hamda ilmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosani tuzish va rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Ilmiy ekspertiza ilmiy ekspertizani o‘tkazuvchi tashkilotning malakali xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
Ilmiy ekspertiza quyidagi tadqiqot usullaridan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin:
▪️qiyosiy-huquqiy tahlil;
▪️lingvistik tahlil;
▪️tarixiy tahlil;
▪️modellashtirish va vaziyatli tahlil;
▪️intervyu olish;
▪️“aqliy hujum”;
▪️davra suhbati;
▪️so‘rovnoma o‘tkazish.
Ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra ekspert tomonidan quyidagi xulosalardan biri beriladi:
🔸loyiha ilmiy asoslangan;
🔸loyiha yetarli darajada ilmiy asoslanmagan;
🔸loyiha ilmiy asoslanmagan.
Mavzuga oid

12:46 / 29.03.2025
Atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha yagona tizim yaratiladi

12:29 / 28.01.2025
NHH loyihalarining jamoatchilik muhokamasi bo‘yicha topshiriq bajarilyaptimi?

17:59 / 20.11.2024
Prezident normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik bilan muhokama qilinmayotganiga e’tiroz bildirdi

08:59 / 08.02.2024