“Biznesni unda omadi chopganlardan o‘rganing”. Hududlarda yirik biznes egalari yosh tadbirkorlarga master-klasslar o‘tishmoqda
Davlat rahbari bilan uchrashuvdan so‘ng, hududlardagi yirik tadbirkorlar yoshlar bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazib, biznes yuritishning sir-asrorlarini o‘rgatmoqdalar. Ana shunday tadbirlardan biri, jizzaxlik tadbirkor, “Shuhrat” medali sohibi Akmal Ahmedov tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida biznes vakillari doim qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab, ular uchun ko‘plab yengilliklarni e’lon qildi. Shuningdek, uchrashuvda muvaffaqiyatli biznes yuritayotgan ko‘plab tadbirkorlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi. Taqdirlanganlar orasida jizzaxlik Akmal Ahmedov ham bor. Davlat rahbarining farmoni bilan “Shuhrat” medali sohibi bo‘lgan Akmal Ahmedov Sharof Rashidov tumanidagi «Euro Aziya Motors» MChJga rahbarlik qiladi.
Prezident bilan uchrashuvdan so‘ng hududlardagi yirik biznes vakillari qatori Akmal Ahmedov ham tadbirkorlikka endi kirib kelayotgan yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish maqsadida master-klass o‘tkazdi. Shuningdek uchrashuvda prezident tomonidan biznes vakillariga yaratib berilgan yengilliklar, mahsulot ishlab chiqarishdan to unga bozor topishgacha bo‘lgan yo‘lda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida batafsil tushunchalar berdi.
Unda yosh tadbirkorlar va tadbirkorlikni boshlash niyatida yurgan yigit-qizlar ishtirok etib, biznes yuritish sir asrorlari, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish kabi masalalarda tajriba almashdilar.
Akmal Ahmedov Sharof Rashidov tumanidagi «Euro Aziya Motors» MChJga rahbarlik qilishi bilan birga, Qatortol mahallasida hokim yordamchisi lavozimida ham faoliyat ko‘rsatadi.
U o‘z mablag‘i hisobidan 5,2 mlrd so‘mlik avtomobillarni sotish va texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasini barpo etib, 18 nafar yoshning bandligini ta’minladi.
Akmal Ahmedov jahon andozalariga to‘la javob beradigan 3 ming o‘rinli, 65 ish o‘rniga ega, sportning Velo VMX yo‘nalishi bo‘yicha velotrek majmuasi qurilishida bosh-qosh bo‘lgan. Velotrek majmuasida 4 ta xard qoplamli katta tennis kortlari, 4 ta zamonaviy sun’iy qoplamali futbol maydoni, 100 o‘rinli mehmonxona hamda 26 ta zamonaviy kemping dam olish uyi mavjud.
Bundan tashqari, Akmal Ahmedov Sharof Rashidov tumani hududidan 4 gektar yerda issiqxona tashkil qilib, shu yilning o‘zida ichki bozorga qariyb 1 mlrd so‘mlik pomidor, bodring va baqlajon mahsulotlari yetkazib bergan.
Tadbirkor hokim yordamchisi sifatida o‘zi mas’ul bo‘lgan Qatortol mahallasidagi 10 ta xonadonda 1-1,5 sotixdan jami 12 sotix issiqxona, 5 ta xonadonda baliqchilik, 52 ta xonadonda parrandachilik yo‘lga qo‘yilishiga erishgan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi
O‘zbekiston | 16:00
-
8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi
Jamiyat | 15:45
-
«O‘zbekiston investorlari kuni» yana 7 ta shaharda tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:34
-
Rossiya Ukrainaning chegara hududlarida yangi yurish boshlagan
Jahon | 15:32
Mavzuga oid

20:06 / 19.03.2025
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi. Biznes uchun qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

22:58 / 30.12.2024
FT: Xitoy hukumati biznesmenlarni hibsga olish to‘lqinini to‘xtatishga urinmoqda

15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi

12:30 / 23.10.2024