Navalniyning Barnauldagi shtabi sobiq rahbari 9 yilga qamaldi
Vadim Ostanin «ekstremistik jamoa»da ishtirok etish va «fuqarolarning shaxsi va huquqlariga tajovuz qiluvchi» tashkilotdagi faoliyatda aybdor deb topildi, deb xabar berdi Navalniy jamoasi.

Foto: RIA Novosti
Aleksey Navalniyning Barnauldagi shtabi sobiq koordinatori Vadim Ostanin 9 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda 24 iyul, dushanba kuni Navalniy jamoasi Telegram’da xabar berdi. Sobiq koordinator «ekstremistik jamiyat»da ishtirok etish, shuningdek, «fuqarolarning shaxsi va huquqlariga tajovuz qiluvchi» notijorat tashkilot faoliyatida aybdor deb topildi.
Qamoqdagi muxolifat yetakchisi safdoshlariga ko‘ra, Vadim Ostanin qonuniy siyosiy faoliyati uchun sudlangan: «U avval Biyskda, so‘ngra Barnaulda Navalniyning shtabini boshqargan, mahalliy poraxo‘r amaldorlar haqida gapirgan va Oltoy o‘lkasi aholisiga amaldorlarni ishlashga majburlashda yordam bergan».
Prokuratura 2021 yil oxirida qo‘lga olingan Ostaninni 11 yillik qamoq jazosiga hukm qilish talabini qo‘ydi. «Vadim siyosat bilan shug‘ullangan, u demokratiyaga, hokimiyatni almashtirish kerakligiga ishongan. 2017 yilda biz hokimiyatga raqib bo‘lish xavfli bo‘lib qolgani haqida gapirgan edik, lekin u qo‘rqmadi», dedi Navalniyning mahalliy shtabi sobiq advokati Tatyana Babich DW nashriga. Moskvadan Barnaul «SIZO»ga ko‘chirilgandan so‘ng, Vadim Ostanin uni ushlab turishning qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan sharoitlari haqida xabar berdi. Boshqa narsalar qatorida, u uzoq vaqt davomida jazo kamerasida saqlangan va dori-darmonlardan mahrum qilingan.
Iyun o‘rtalarida Navalniyning Ufadagi shtabi sobiq rahbari Liliya Chanisheva 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Aleksey Navalniy shtabining sobiq koordinatorlari va xodimlari Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan bir necha oy oldin jinoiy ta’qiblar nishoniga aylangan edi. Faollarni hibsga olish 2021 yil avgustida butun shtablar tarmog‘i «ekstremistik tashkilot» deb e’lon qilinganidan keyin boshlangan. Navalniyning o‘zi yangi ish bo‘yicha «ekstremistik hamjamiyat» tuzishda ayblanmoqda, prokuratura uni 20 yilga maxsus rejimli koloniyaga hukm qilishni so‘ramoqda.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid

09:12 / 17.02.2025
Yuliya Navalnaya eri nomidagi siyosiy mukofot haqida e’lon qildi

08:20 / 17.02.2025
Der Spiegel: Berbok yarim yil Navalniyning almashinuvini bloklagan

22:25 / 16.02.2025
Yevroittifoq: Rossiya Navalniyning advokatlari va barcha siyosiy mahbuslarni zudlik bilan ozod etishi kerak

01:03 / 14.02.2025