Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi
Qator hududlar kuchli shamol sabab elektr ta’minotidan uzilgan.
18 iyun kuni Samarqand viloyatining ayrim hududlarida soat 10:15 dan 12:00ga qadar chang-to‘zon hodisalari kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Hollivud filmlaridagi manzaralarni eslatuvchi kadrlar tarqalmoqda.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Past Darg‘om, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida soat 11:30 dan hududda kuzatilayotgan kuchli shamol va chang to‘zonlari oqibatida elektr energiya vaqtincha tarmoqdan uzildi.
Energetika vazirligi elektr uzatish liniyalarida xavfsizlikni ta’minlash uchun elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi va hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng qayta tiklanishini ma’lum qildi.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Bulung‘urdagi hodisaga munosabat bildirgan.
«Mintaqada qurg‘oqchilik, yashil massaning kamayishi, cho‘llashishning jadal davom etayotganidan darak beruvchi jiddiy signallar.
«Interstellar» filmidagi chang bo‘roni bostirib kelish bilan bog‘liq kadrlar bizda ham tez-tez kuzatiladigan bo‘lyapti.
Respublikaning shimoli, cho‘llari va janubida odatiy bo‘lib borayotgan bu kabi manzaralar endi markazga ham ko‘chmoqda», deya yozgan u o‘z telegram-kanalida.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

23:03 / 08.07.2025
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025