Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
17939
2 daqiqa o‘qiladi

Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz

O‘tgan hafta O‘zbekistonning ayrim hududlarida meteorologik rekordlarni yangilagan anomal issiqlar o‘rnini bu hafta salqin ob-havo egallaydi, nabotot va hayvonot yengil tortadi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Kelayotgan 10 kunlikda O‘zbekiston ob-havosini uchta havo oqimi belgilab beradi: ular ikkita antitsiklonning chekka qismlari va bitta past bosimli kichik jazirama ulashuvchi havo oqimlaridir.

Avvaliga ikki kunlik salqin, so‘ng 4 kunlik jazirama, uning ortidan yana biroz salqinroq ob-havo muhiti hukm suradi. Bu holatlar o‘tgan haftada kuzatilgan anomal issiqlik to‘lqinini takrorlamaydi. Qishloq xo‘jaligi yer maydonlariga katta stresslar keltirmaydi.

Joriy anomal issiqlik to‘lqini 4 iyul kuni Navoiyning Mashiquduq kuzatuv stansiyasida +47 daraja, Buxoroning cho‘l stansiyalarida +46 darajadan yuqori havo harorati qiymatlarini taqdim etdi. O‘zgidrometning ayrim kuzatuv stansiyalarida ehtimoliy tarixiy rekord qiymatlar yangilandi.

2-5 iyul kunlari respublika hududlarida kuzatilgan anomal issiqlik to‘lqini respublikaning turli viloyat qishloq xo‘jaligi ekin maydonlariga turli ko‘rinishda zarar keltirdi. Xususan, bog‘dorchilik va paxtachilik yo‘nalishida ayrim tumanlarda hosildorlikka 30-40 foizgacha turli ko‘rinishdagi zarar yetashi mumkin. Ayniqsa, voha hududlari, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyati hududlaridagi ayrim mevali daraxtlar va paxta hosiliga ziyon yetgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid