Jahon | 21:38 / 22.04.2023
29013
4 daqiqa o‘qiladi

Forbes eng ko‘p milliarder yashaydigan shaharlarni sanadi

11 ta katta shaharda dunyodagi milliarderlarning deyarli to‘rtdan bir qismi istiqomat qiladi. Ularning umumiy boyligi 2,8 trillion dollardan oshadi.

Foto: Getty images

Nyu-York yana boylar uchun eng mashhur shaharga aylandi. Bu yil global reytingdagi 2640 milliarderdan 101 nafari shu yerda istiqomat qiladi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa hech bir shahar milliardlab dollar egalarining ko‘pligi bilan maqtana olmaydi.

Nyu-York ketma-ket 7 yil davomida milliarderlarning asosiy markazi bo‘lgan edi. 2021 yilda Pekin peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Ammo Xitoy yetakchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 2022 yilda Nyu-York birinchi o‘rinni qaytarib oldi va uni ushlab turibdi.

Nyu-York milliarderlarining umumiy boyligi 616,8 mlrd dollarga teng. Xitoy birinchi o‘ntalikda eng ko‘p shaharlarga ega mamlakat bo‘lib qolmoqda.

2023 yilgi reytingda Forbes 2640 nafar milliarderdan 68 nafarining asosiy yashash joyini aniqlay olmadi.

Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan shaharlar Forbes reytingida:

1. Nyu-York (AQSh)
Milliarderlar soni: 101
O‘tgan yilga nisbatan: minus 6 milliarder
Umumiy boyligi: 616,8 mlrd dollar
Eng boy rezident: Maykl Blumberg (Bloomberg axborot agentligi egasi, 94,5 mlrd dollar)

2. Honkong (Xitoy)
Milliarderlar soni: 70
O‘tgan yilga nisbatan: ortiqcha 2 milliarder
Umumiy boyligi: 286,8 mlrd dollar
Eng boy rezident: Li Ka-shing (Cheung Kong Group, Hutchison Whampoa, 38 mlrd dollar)

3. Pekin (Xitoy)
Milliarderlar soni: 68
O‘tgan yilga nisbatan: minus 15 milliarder
Umumiy boyligi: 247,2 mlrd dollar
Eng boy rezident: Chjan Imin (ByteDance (TikTok), 45 mlrd dollar)

4. Shanxay (Xitoy)
Milliarderlar soni: 65
O‘tgan yilga nisbatan: ortiqcha 4 milliarder
Umumiy boyligi: 181,9 mlrd dollar
Eng boy rezident: Kolin Chjen Xuan (PPD Holdings, 30,2 mlrd dollar)

5. London (Angliya)
Milliarderlar soni: 63
O‘tgan yilga nisbatan: minus 3 milliarder
Umumiy boyligi: 294,9 mlrd dollar
Eng boy rezident: Len Blavatnik (Warner Music Group, Access Industries Holdings, 32,1 mlrd dollar)

6. Moskva (Rossiya)
Milliarderlar soni: 61
O‘tgan yilga nisbatan: ortiqcha 8 milliarder
Umumiy boyligi: $307,1 mlrd
Eng boy rezident: Vladimir Potanin (Interros, Norilskiy nikel, Rosbank, 23,7 mlrd dollar)

7. Mumbay (Hindiston)
Milliarderlar soni: 56
O‘tgan yilga nisbatan: ortiqcha 5 milliarder
Umumiy boyligi: 276,4 mlrd dollar
Eng boy rezident: Mukesh Ambani (Reliance Industries, 83,4 mlrd dollar)

8. Shenjen (Xitoy)
Milliarderlar soni: 54
O‘tgan yilga nisbatan: minus 5 milliarder
Umumiy boyligi: 246 mlrd dollar
Eng boy rezident: Ma Huaten (Tencent, 35,3 mlrd dollar)

9. Singapur
Milliarderlar soni: 46
O‘tgan yilga nisbatan: ortiqcha 10 milliarder
Umumiy boyligi: $133,3 mlrd
Eng boy rezident: Go Chen Lyan (Nippon Paint, 14,3 milliard dollar)

10. Dehli (Hindiston)
Milliarderlar soni: 37
O‘tgan yilga nisbatan: ortiqcha 2 milliarder
Umumiy boyligi: 116,4 mlrd dollar
Eng boy rezident: Shiv Nadar (HCL Technologies, 25,6 mlrd dollar)

11. San-Fransisko (AQSh)
Milliarderlar soni: 37
O‘tgan yilga nisbatan: minus 7 milliarder
Umumiy boyligi: 114,2 mlrd dollar
Eng boy rezident: Brayan Cheski (Airbnb, 9,3 mlrd dollar)

Mavzuga oid