Dunyo milliarderlarining boyligi bir kunda rekord darajada - 304 mlrd dollarga ko‘paydi
Bunga AQSh prezidenti Donald Tramp qator davlatlardan import qilinadigan tovarlarga solingan bojlarni 90 kunga to‘xtatgani sabab bo‘ldi.

Foto: AP
Bloomberg Billionaires Index reytingiga kiritilgan milliarderlarning umumiy boyligi 9 aprel kuni 304 milliard dollarga oshdi. Bunga Donald Tramp qator davlatlarga nisbatan bojlarni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin fond bozoridagi ko‘tarilishlar sabab bo‘ldi.
Bloombergʼning yozishicha, bu 2012 yildan beri tuzib kelinayotgan indeks tarixida milliarderlarning umumiy boyligini bir kunda eng ko‘p oshishi hisoblanadi. Reytingdan o‘rin olgan dunyoning eng badavlat 500 kishisining boyligi o‘rtacha 3,5 foizga oshgan.
Eng ko‘p foydani Ilon Mask ko‘rgan — uning boyligi bir kunda 36 milliard dollarga oshgan. Undan keyingi o‘rinni Meta rahbari Mark Tsukerberg egallagan — 26 milliard dollar. Nvidia bosh ijrochi direktori Jyensen Xuangning boyligi esa 15,5 milliard dollarga oshgan.
Foizlar hisobida eng ko‘p foydani Carvana rahbari Ernest Garsiya III ishlab olgan. Uning boyligi 25 foizga — 1,4 milliard dollarga oshgan.
Bir kunlik o‘sishga oid bundan oldingi rekord (233 milliard dollarlik) 2022 yil mart oyida o‘rnatilgan edi. O‘shanda AQSh Federal zaxira tizimi Jyerom Pauell foiz stavkasini uzoq yillardan keyin birinchi marta oshirgandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 9 aprel kuni dunyoning ko‘plab davlatlaridan import qilinadigan tovarlarga joriy etilgan bojlarni 90 kunga to‘xtatishini e’lon qildi. Ushbu bayonotdan keyin S&P 500 indeksi 2008 yildan beri eng katta o‘sishni ko‘rsatdi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 09:36
-
Rossiyaning Odessaga zarbasi: kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi
Jahon | 09:14
-
Toshkentda Lixiang va Cobalt to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi
Jamiyat | 09:07
-
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
Jahon | 09:01
Mavzuga oid

09:36
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

07:48
AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzoladi

21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV

18:55 / 30.04.2025