Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada vizasiz qancha muddat bo‘lish mumkin: 30 kunmi yoki 90?
“Uzbekistan Airports”ning Turkiyada vizasiz qolish muddati 30 kun ekani haqidagi xabari sayohat yoki boshqa maqsadlarda ushbu mamlakatda vaqtincha bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni o‘ylantirib qo‘ygan. Xo‘sh, aslida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz Turkiya hududida bo‘lish muddati qancha?

Foto: KUN.UZ
Savol qayerdan kelib chiqdi?
6 mart kuni “Uzbekistan Airports”ning Telegram’dagi rasmiy kanalida O‘zbekiston fuqarolarining qator davlatlarga borishi uchun viza talablari qanday ekani hamda qaysi mamlakatlarga vizasiz borish mumkinligi haqidagi ma’lumot e’lon qilingan. Unda Turkiyada vizasiz qolish muddati 30 kungacha deb ko‘rsatiladi.

Holat bo‘yicha Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqaro “Uzbekistan Airports” AJ matbuot kotibi Yevgeniya Grande bilan ham suhbatlashgan. Grandening qayd etishicha, aviakompaniya rasmiy manba sifatida Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytidagi ma’lumotdan foydalangan.
Hozirda TIVning rasmiy saytidagi bu xabarda Turkiyaga sayyohlik maqsadida tashrif buyuruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun viza olish tartibi 90 kungacha ekani qayd etilgan. Ammo Yevgeniya Grandening so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak, bu ma’lumot TIV saytida dastlab 30 kun qilib ko‘rsatilgan. Buni quyidagi o‘sha saytdan olingan skrinshot ham tasdiqlaydi.
TIV saytiga kirib, aynan shu xabar bo‘yicha qidiruv berilsa, so‘nggi ma’lumot 2019 yilda qo‘yilgani ko‘rinadi. Unda Turkiyada vizasiz qolish muddati 90 kungacha ekani ham aks etgan.
Aslida tartib qanday?
Turkiya prezidenti 2018 yil 10 noyabrda imzolagan 327-sonli qaror bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari uchun Turkiyada vizasiz qolish muddati 30 kundan 90 kungacha uzaytirilgan.
Bu qarorgacha o‘zbekistonlik fuqarolar faqat diplomatik pasportga ega bo‘lsagina Turkiyada 90 kungacha vizasiz qolishlari mumkin bo‘lgan.
Shuningdek, yangi tartibning hanuz amalda ekanini Turkiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya boshqarmasining rasmiy saytidagi axborot ham tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

13:09 / 15.07.2025
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

19:21 / 09.07.2025