Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Ukrainadagi urush yaqin orada tugashiga ishonmayapti
Sholsga ko‘ra, Ukrainadagi urush uzoq davom etishi mumkin, Rossiya qo‘shinlari olib chiqilmay turib, tinchlik o‘rnatib bo‘lmaydi.

Foto: Reuters
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tez orada tugashini kutmayapti, chunki Rossiya qo‘shinlari olib chiqilmasdan tinchlik o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu haqda Germaniya hukumati rahbari Rheinische Post gazetasi tomonidan 20 mart, dushanba kuni tashkil etilgan tadbirda aytib o‘tdi.
«Biz bu urush uzoq vaqt talab qilishi mumkinligiga tayyor bo‘lishimiz kerak», dedi Shols. «Urush tugagach ham, hamma narsa darhol normal holatga qaytmaydi. Lekin biz ham uni tugatish uchun harakatlarimizni to‘xtatmasligimiz kerak», deb qo‘shimcha qildi kansler.
Shols, shuningdek, rejimni tashqi kuch ishlatish orqali o‘zgartirish tushunchasiga ishonmasligini aytdi. Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden unga Oq uy bunday variantni ko‘rib chiqmayotganini aytgan. «Men Amerika prezidentini bu g‘oyada qo‘llab-quvvatlayman», deb ta’kidladi Shols.
Rossiya Ukrainada tinchlik o‘rnatish shartlarini belgilab bera olmaydi, dedi Shols. «Ukraina o‘z yaxlitligi va mustaqilligini himoya qila olishi kerak», dedi u va Rossiya qo‘shinlari olib chiqilmasdan turib, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish imkoniyatini ko‘rmasligini ta’kidladi.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushda g‘alaba qozonmasligi kerak. Chegaralar kuch bilan buzilmasligi kerak», - dedi Shols hamda urush tugaganidan keyin ham uning oqibatlari uzoq vaqt davomida sezilishini, Ukraina uzoq vaqt tiklanishga muhtoj bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

08:38 / 16.07.2025