O‘zbekiston xalqi bizni yolg‘izlatib qo‘ymadi – Turkiya elchisi Olgan Bekar
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida «Tashakkur qabul marosimi» o‘tkazildi.

Foto: O‘zA
Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi do‘stlik, birodarlik, yordam va ko‘mak ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekistonga ramziy ma’noda minnatdorlik bildirish maqsadida «Tashakkur qabul marosimi»ni tashkil etdi.
Tadbirda Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar nutq so‘zladi.
«Ro‘y bergan zilzilalar oqibatida Turkiya «Asr falokatini» boshidan o‘tkazdi. Bugungi kungacha 7 nafar o‘zbek qardoshimiz bilan jami 47 475 kishini ushbu mash’um falokatda yo‘qotdik», dedi elchi.
Bekar so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston davlati va xalqi bu mash’um falokatdan so‘ng olijanobligini namoyish etib, Turkiyani yolg‘izlatib qo‘ymadi.
«Zilzila xabari kelib tushgan ilk lahzalardanoq elchixonamiz muvofiqlashtiruvida Toshkentda 3 ta manzilda zarur buyumlar yig‘ildi. 8 fevral kuni 71 kishilik tibbiyot xodimi Turkiyaning Hatoy viloyatida dala gospitali o‘rnatib, jarohat olganlarni davolashga kirishdi. Dala gospitalida 1 795 nafar erkak, 1 177 ayol va 888 nafar bolaga, jami 3 860 nafar Turkiya fuqarosiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shu bilan birga yurtdoshlarimiz zilzila hududlariga borib, o‘zbek palovini pishirib, ehtiyojmandlarga tarqatdi», dedi elchi.
Bekar so‘zlariga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari», «Turk havo yo‘llari», MNG Kargo va yuk transportlari orqali bugungacha Turkiyaga 674 tonna gumanitar yordam yetkazib berilgan.
«Bugungi kungacha 644 ming AQSh dollari miqdorida naqd mablag‘ mamlakatimizga yuborildi. Mablag‘lar hamon kelishda davom etmoqda. Bizdan yordamini ayamagan mutasaddilarga minnatdorlik izhor etishni o‘zimning burchim deb bilaman», dedi elchi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi
O‘zbekiston | 19:00
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:33
-
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar
Jahon | 18:29
-
Britaniyalik olimlar ichak tayoqchasini modifikatsiya qilib, plastmassani paratsetamolga aylantirdi
Jahon | 18:24
Mavzuga oid

07:23 / 23.06.2025
Turkiya: AQShning Eron yadro inshootlariga aviazarbasi Yaqin Sharqda tartibsizlikka olib keladi

12:42 / 21.06.2025
Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025