Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
Krasnoyarskda Xitoy va O‘zbekistondan kelgan 25 nafar ishchi ommaviy mushtlashuv tufayli qo‘lga olindi.

Foto: Videodan kadr
Rossiyaning Krasnoyarsk shahridagi qurilish maydonchasida Xitoy va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.
Politsiya vaziyatni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish chog‘ida bilib olgan. Hodisa 19 may kuni Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan.
To‘qnashuvda o‘ndan ortiq kishi qatnashgan. Shu bilan birga, ulardan biri olomonni tarqatishga uringan va «rahbar muammoni hal qiladi» deb aytgan. Ta’kidlanishicha, erkaklar Xitoyning qurilish kompaniyasida ishlaydi.
Hodisa oqibatida to‘rt kishi shifoxonaga murojaat qilgan; ularning jarohati tabiati haqida ma’lumot berilmadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroga maishiy janjal sabab bo‘lgan.
«Qo‘shimcha tergov davomida hodisaning 25 nafar faol ishtirokchisi politsiya bo‘limiga olib ketildi», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan badanga yengil shikast yetkazish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea holatlarini oydinlashtirishga yordam beradigan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi xavfi haqida ogohlantirdi
Jahon | 08:26
-
Isroil armiyasi gumanitar yordamga navbatda turganlarga yana hujum qildi
Jahon | 08:23
-
AQSh va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Jahon | 08:13
-
Kreml: yadro qurolini tarqatmaslik rejimiga juda katta zarba berildi
Jahon | 07:45
Mavzuga oid
08:26
Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi xavfi haqida ogohlantirdi

07:45
Kreml: yadro qurolini tarqatmaslik rejimiga juda katta zarba berildi

21:41 / 23.06.2025
«Krokus»dagi terakt bo‘yicha tergov ishi yakunlandi

20:22 / 23.06.2025