Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosiga yangi rahbar tayinlandi
2020–2023-yillar mobaynida ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan general-mayor Shuhratjon Sobirov ushbu lavozimni egallagan.

Shuhratjon Sobirov/Foto: IIV axborot xizmati
So‘nggi uch yil davomida Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida general-mayor Shuhratjon Sobirov Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.
Muqaddam Andijon viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan Shuhratjon Sobirov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosarligidan Toshkent IIBB rahbarligiga o‘tkazilgan Aziz Toshpo‘latov o‘rnini egallagandi.
O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 22 fevraldagi qaroriga asosan polkovnik Shavkat Rahmonov Po‘lat Bobojonovning birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ish boshlagan, biroq Shuhratjon Sobirovning keyingi faoliyati haqida ma’lumot berilmagandi.
2021 yildan buyon Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosiga polkovnik G‘anijon Alimuhammedov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti – Interpolga 1923 yili asos solingan. Bosh qarorgohi Fransiyaning Lion shahrida joylashgan. 1949 yilda BMT tomonidan Interpolga hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilot maqomi berilgan. Bugungi kunda tashkilotga 195 mamlakat a’zo hisoblanadi.
O‘zbekiston Interpolga 1994 yilda a’zo bo‘lgan va IIV tarkibida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi tashkil etilgan. Byuro rahbari ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya mudofaa budjetini tezlashtirilgan sur’atda oshiradi
Jahon | 14:47
-
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi
O‘zbekiston | 14:44
-
AQSh senatori Grem: Ukrainadagi urush burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda
Jahon | 14:43
-
Turkiyaning ambitsiyalaridan qo‘rqayotgan Isroil, Ukrainaga berilayotgan Patriot va Rossiyani qo‘llashga tayyor KXDR – kun dayjesti
Jahon | 14:41
Mavzuga oid

23:47 / 08.07.2025
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi

23:33 / 03.07.2025
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi

18:14 / 28.06.2025
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Polshadan O‘zbekistonga qaytarildi

22:12 / 25.06.2025