Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, texnik jihatdan tartibga solish – mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qo‘llash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirishdir.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi mazkur sohadagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarini belgilaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qonunga muvofiq, texnik reglamentlar quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi: mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayotini yoki sog‘lig‘ini muhofaza qilish; atrof-muhitni, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish; xaridorlarni (iste’molchilarni) chalg‘itadigan harakatlarning oldini olish; energiya jihatdan samaradorlikni va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash; savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish; ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshliligini oshirish.
Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: muvofiqlikni deklaratsiya qilish; majburiy sertifikatlashtirish.
Qonunga ko‘ra, davlat nazorati organlari o‘rtasida yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimi yaratiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
-
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi
Jahon | 09:44
-
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 09:35
Mavzuga oid

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

10:32 / 10.06.2025