AQSh Kongressi Vakillar palatasi 6-marta spikerni saylay olmadi
Kongress quyi palatasida ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritgan respublikachilar 100 yil ichida ilk bor birinchi urinishdayoq spikerni saylay olmadi.

Kevin Makkarti / Foto: Getty Images
Respublikachilar partiyasi yetakchisi Kevin Makkarti ketma-ket oltinchi bor AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri lavozimiga saylana olmadi, deb xabar bermoqda Reuters 5 yanvar, payshanba kuni. Ikki kunlik muvaffaqiyatsiz saylovlardan so‘ng kongressmenlar ovoz berishni 5 yanvar kuni tushgacha (Toshkent vaqti bilan soat 22:00) qoldirishga qaror qildi.
Oltinchi tur yakunida Makkarti talab qilinadigan 218 ta ovozdan 201 tasini oldi. Respublikachilarning yana bir vakili Bayron Donalds 20 ovoz oldi – uni Makkartini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan partiya a’zolari ilgari surdi. Respublikachilar raqibi, demokrat Hakim Jyeffris 212 ovoz to‘pladi. Makkarti avvalroq o‘z nomzodini bekor qilmasligini va g‘alaba qozonmaguncha protsedurada ishtirok etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
Yangi chaqiriqdagi Kongress 3 yanvar kuni o‘z ishini boshladi. 2022 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlardan so‘ng respublikachilar Vakillar palatasini nazorat qila boshladilar va undagi 435 o‘rindan 222 tasini egallab oldilar. Shu tariqa, CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Makkarti nomzodi zarur 218 ta ovoz bilan ma’qullanishi uchun, respublikachilar faqat to‘rtta ovozni «yo‘qotishi» mumkin. To‘siq «murosasiz konservatorlarning kichik, ammo qat’iy kontingenti» pozitsiyasiga aylandi, deb ta’kidlaydi CNN.
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Respublikachilar partiyasining barcha a’zolariga Makkartini qo‘llab-quvvatlash haqidagi murojaati ham yordam bermadi, deb ta’kidlaydi Reuters. «Respublikachilar, buyuk g‘alabani ulkan va sharmandali mag‘lubiyatga aylantirmanglar», deb yozdi Tramp Truth Social sahifasida.
Rejaga ko‘ra, quyi palataning yangi spikeri birinchi kuni saylanishi kerak edi, biroq oltita turlik ovoz berish jarayonidan keyin ham bu amalga oshmadi. Bu 100 yil ichida Vakillar palatasi spikeri saylovi bir tur bilan cheklanmagan birinchi holat emas: 1923 yilda saylanish uchun to‘qqiz tur kerak bo‘lgan. Bundan avval demokratlar vakili bo‘lgan Nensi Pelosi AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri lavozimini egallab kelgan.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

14:40 / 29.06.2025
“IELTS’dan 9 ball, SAT’dan 1600 ball” - Jons Hopkinsdan 380 ming dollarlik grant yutgan Boburjon Baxtiyorov hikoyasi

22:29 / 28.06.2025
Detroytda vertolyotdan pul sochildi

17:35 / 28.06.2025
Tramp Eron oliy rahbarini «sharmandali o‘limdan» qutqarganini aytdi

15:19 / 28.06.2025