O‘zbekistonda ekanligiga ko‘pchilik ishonmaydigan joy – Darband |Fotojamlanma
Ushbu maskanning suratlarini ko‘rgan ko‘plab tanishlarimiz shunday joy O‘zbekistonda ekaniga ko‘pincha ishonishmaydi. Xaritani yoki internetdagi ma’lumotlarni ko‘rsatganimizdan keyingina ishonishadi. Bunday o‘ziga xos va maftunkor maskan O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida joylashgan.

Foto: Kun.uz
Darband qishlog‘i Surxondaryoning Boysun tumanida joylashgan. Darband so‘zi forschadan dar — eshik, dara; band — mustahkam, berk, to‘siq degan ma’nolarni anglatadi. Qishloq qadimdan katta ahamiyatga ega, tranzit vazifasini bajargan. Qishloq orqali o‘tgan yo‘l Buxoro amirligi davrida amirlikning g‘arbiy qismini sharqiy qismi bilan bog‘lovchi eng yaqin yo‘l hisoblangan. 1929 yilda Termizga temiryo‘l olib kelinganidan so‘ng qishloq hududidan o‘tgan yo‘l o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Lekin hozirda ham qishloq hududidan o‘tgan yo‘l Qashqadaryo va Surxondaryoni bog‘lovchi yo‘llardan biri.
Darbandda uchta dara bor, birinchisi Darband darasi, ikkinchi darani ko‘pchilik Darband koneni deb ataydi. Uchinchisi esa Buzrukdara, ya’ni buyuk dara deb ataladi. Oh, bu daralar, bu yerga kirgan odam o‘zini boshqa olamga tushib qolgandek his qiladi. Ba’zi blogerlar aytganidek, bu qaysidir boshqa davlat emas, bu aynan O‘zbekiston.
Darband qishlog‘i aholisi asosan chorvachilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Erkaklarning ko‘pchiligi esa chet elda ishlaydi.
Darbandga kelishning eng afzallik tarafi, poyezdda borishingiz bilan qishloqqa tushasiz, ya’ni poyezddan tushib yana qanchadir yo‘l yurib manzilga borishga hojat yo‘q. Eng yaxshi tarafi — har kuni poyezd bor, haftada ikki kun vodiydan ham poyezd boradi. Sizga tavsiya qiladiganimiz o‘sha-o‘sha, ming marta eshitgandan bir marta borib ko‘rgan afzal. Darbandga boring.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

14:22 / 10.04.2025
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

18:37 / 28.02.2025
“Xalqning ichida qo‘rquv bor” – kofrunliklar hamon xavotirda yashamoqda

20:17 / 29.10.2024