Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha rekordga erishdi
2022 yilning martidan sentabriga qadar Yevropa ittifoqidagi elektr energiyasining deyarli chorak qismi shamol va quyosh energiyasi hisobiga ishlab chiqarilgan. 2021 yilda xuddi shunday ko‘rsatkich 21 foizni tashkil qilgan.

Foto: CNBC
Ukrainada urush boshlanganidan beri Yevropa ittifoqi shamol va quyosh energiyasini har qachongidan ham ko‘proq ishlab chiqaryapti. Bunday xulosaga Ember va E3G kompaniyalari tomonidan olib borilgan va 18 oktyabr, seshanba kuni chop etilgan tadqiqot mualliflari kelishdi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning mart oyidan sentabr oyigacha YeIda elektr energiyasining deyarli chorak qismi (24 foiz) shamol va quyosh energiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 21 foizni tashkil etgan edi. Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, bu ikki qayta tiklanadigan manbalar 2022 yilning martidan sentabrigacha 345 teravatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqargan, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 39 TVt/soatga ko‘pdir.
Umuman olganda, tahlilchilar Yevropa ittifoqining 19 ta davlati shunga o‘xshash rekordlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi. Xususan, Germaniya mart oyidan buyon quyosh va shamoldan 104 TVt/soat elektr energiyasi oldi, bu umumiy elektr energiyasining qariyb uchdan biriga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, Fransiya, Italiya, Polsha va Ispaniyada maksimal ko‘rsatkichlarga erishildi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, «yashil» elektr energiyasining rekord darajada ishlab chiqarilishi YeIga gaz sotib olishdan taxminan 11 milliard yevro tejash imkonini berdi. «Shamol va quyosh energiyasi allaqachon yevropaliklarga yordam bermoqda. Ammo kelajakdagi salohiyat bundan ham katta», - deydi Ember vakili Kris Rosslou.
Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi boshlanganidan beri Yevropa ittifoqi yettita keng ko‘lamli sanksiyalar paketini qabul qildi. Unda, jumladan, Rossiyadan energiya tashuvchilar importini rad etish yoki sezilarli darajada qisqartirish ham bor. Bundan tashqari, Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi so‘nggi oylarda Yevropaning bir qator davlatlariga gaz yetkazib berishni bir tomonlama to‘xtatdi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi

16:02 / 19.05.2025
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi

10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi

12:51 / 17.04.2025