Toshkentda ShHT axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi o‘z ishini boshladi
ShHT mamlakatlari ekspertlari axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qiladi.

Foto: Kun.uz
Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkiloti axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi boshlandi.
Tadbir prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Xorijiy ishtirokchilarni onlayn ulash orqali gibrid formatda tashkil etilayotgan axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha muloqotda ShHTga a’zo davlatlar tegishli vazirliklari, idoralari, ilmiy-akademik va tahliliy doiralari vakillaridan iborat 30 nafardan ziyod yetakchi ekspertlar jamlangan.
Ishtirokchilar nufuzli tarkibi raqamlashtirish sohasidagi so‘nggi tendensiyalar va yutuqlarni muhokama qilish, ShHT makonida inson huquqi va huquq ustuvorligini ta’minlash sharoitida axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy tajribani taqdim etish imkonini beradi.
Mazkur forumni o‘tkazish tashabbusi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 17 sentabr kuni ShHT Dushanbe sammitida ilgari surilgan edi.
Forum kun tartibi 3 mavzuga oid sessiyaga bo‘lingan: axborotdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish – zamonaviy jamiyatni rivojlantirish muhim omili; axboriy-g‘oyaviy xatarlar va bunday tahdidlarga qarshi samarali javob choralarini ishlab chiqish; AKT jadal rivojlanishi sharoitida nozik axborot infratizimi obektlarini himoya qilish.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

13:53 / 19.04.2025
O‘zbekiston Axborot kodeksini qabul qilish rejalashtirilmoqda

18:01 / 11.04.2025
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida

14:55 / 15.11.2024
DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi

09:57 / 15.06.2024