Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 avgustdan yuridik texnikumlarga qabul boshlanadi

Foto: Kun.uz
Joriy yilning 1 avgust kunidan yuridik texnikumlarga qabul boshlanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Respublikada 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan. Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- davlat huquqiy faoliyat;
- yuridik xizmat;
- sud-huquqiy faoliyat.
Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.
O‘qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish joriy yil 1 avgustdan 20 avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.
Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Chet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.
Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jazirama kunlari tez yordamga salkam 250 mingta chaqiriq kelib tushdi
Jamiyat | 14:20
-
Qozog‘istonga boj solgan Tramp, Rossiyada o‘zini otib o‘ldirgan vazir va “Hsh”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:17
-
Netanyahu: Falastinliklarda G‘azoni tark etish imkoni bo‘lishi kerak
Jahon | 14:11
-
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi
Jahon | 14:00
Mavzuga oid

14:13 / 02.07.2025
Endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

14:49 / 01.07.2025
9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul boshlandi

13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi

14:35 / 11.01.2025