O‘zbekiston | 14:13 / 02.07.2025
3282
1 daqiqa o‘qiladi

Endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi 

“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: xalqtaliminfo.uz

2025-2026 o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.

2025 yil 1 sentabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari universitetga biriktiriladi va universitet:

har oyda 1 marotaba 7–9-sinf o‘quvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida o‘qitadi;
o‘quvchilarning universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishini ta’minlaydi.

Mavzuga oid