O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat, bag‘rikenglik va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tizimli o‘rganishning samarali mexanizmlarini joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Huquq sohasidagi oliy ta’lim va malaka oshirish tashkilotlarida Inson huquqlari va xalqaro huquq kafedralari hamda yuridik klinikalari faoliyatini takomillashtirish (tashkil qilish) masalasini o‘rganish mo‘ljallanmoqda.
Mamlakat miqyosida “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni”ni o‘tkazish ham nazarda tutilyapti.
Durban deklaratsiyasi va Harakat dasturi tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

13:44 / 18.02.2025
Fuqarolarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi

08:43 / 11.02.2025
Yevropa Ittifoqi o‘zining tashqi yordami taqsimotini qayta ko‘rib chiqadi

08:13 / 25.01.2025