Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Paxtakor” stadionida muxbirlar do‘pposlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. IIV o‘z xodimlarini mutlaqo aybsiz deb aytgandi
“Sevimli” telekanalining ikki muxbiri kaltaklanib, ulardan birining jag‘-tishi sindirilgan holat bo‘yicha prokuratura tomonidan “Mansab vakolatidan chetga chiqish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov xodimlarning aybi yo‘qligi, muxbirlar mushtlashuv keltirib chiqargan fanatlar ichiga tushib qolganini aytgandi.

Foto: Facebook
11 iyun kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining chorak finali doirasida O‘zbekiston–Iroq o‘yinini yoritishga borgan "Sevimli" telekanali muxbiri va tasvirchisi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan edi.
Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, holat yuzasidan Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
“Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatildi”, deyiladi xabarda.
Xabarda jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida necha kishi jalb etilgani aytilmagan.
Kun.uz voqea tafsilotlarini har ikki tomonning nuqtayi nazari asosida yoritgan edi. Eslatib o‘tamiz, jabrlanuvchi tomon – jurnalist va tasvirchi ularni 6-7 nafar ichki ishlar xodimi va 1 nafar milliy gvardiya zobiti kaltaklaganini iddao qilgandi.
Voqeada jabrlangan tasvirchiga jag‘-tish sinishi tashxisi qo‘yilgandi. Ularning texnikalariga ham shikast yetkazilgan.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning versiyasiga ko‘ra, “Sevimli TV”ning ikki xodimini organ xodimlari do‘pposlamagan – ular stadionda bo‘sh joy qolmaganiga qaramay, ichkariga kirish uchun janjal uyushtirgan muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuv vaqtida jarohatlangan.
G‘iyosov u yerda kim bilan kim mushtlashganiga oydinlik kiritmasdan, telekanal operatori shu mushtlashuv vaqtida jarohatlanganini iddao qilgandi.
IIV mulozimi holat yuzasidan tekshiruv tayinlagani haqida xabar berganiga bir oydan oshdi, tekshiruv natijalari haqida ma’lumot e’lon qilinmadi.
- Ma’lumot o‘rnida, voqea yuzasidan AOKA, Mass-media fondi va Jurnalistlar uyushmasi bayonot berib, huquq organlaridan voqea yuzasidan xolis tekshiruv o‘tkazish va aybdorlarni jazolashni talab qilgandi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

18:22 / 15.07.2025
Toshkent shahar hokimligi O‘rikzor bozori yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

21:42 / 14.07.2025