Uzbekistan GTL da avariya sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya ma’muriyati buni rad etdi
“Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan yolg‘on axborotni tarqatish fakti yuzasidan vakolatli idoralarga murojaat etish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan GTL zavodining faoliyatiga oid asoslanmagan, zavod hududida avariya sodir bo‘lgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Zavod ma’muriyati xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unda yozilishicha, ayrim internet tarmoqlari internetdan olingan, zavodga aloqador bo‘lmagan, feyk suratlar bilan birga zavodning faoliyatiga oid asoslanmagan xabarlar tarqatmoqda.
“Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan yolg‘on axborotni tarqatish fakti yuzasidan vakolatli idoralarga murojaat etish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
“Uzbekistan GTL” kompaniyasi GTL zavodida sintetik neft ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani hamda asosiy mahsulot ishlab chiqarishga yakuniy sozlash ishlari odatiy tartibda davom etayotganligini rasman ma’lum qiladi. Shu bilan birgalikda “Uzbekistan GTL” kompaniyasi ma’lumot e’lon qilishda ularning to‘g‘riligi tekshirib ko‘rilishini, shuningdek aholi ishonchini suiiste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lishni so‘rab qoladi”, deyiladi ma’lumotda.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujum qilish rejalari haqida bilmagan
Jahon | 12:11
-
Isroil Eron bilan urushda sulhga erishilganini tasdiqladi
Jahon | 11:52
-
Elektr iste’moli yuqori 18 ta tarmoq o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan tizimga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:49
-
Eron tashqi ishlar vaziri Isroilga qarshi amaliyotlar yakuniga e’tibor qaratdi
Jahon | 11:44
Mavzuga oid

14:55 / 13.11.2023
Uzbekistan GTL: Istiqbolli korxona dunyoni zabt etish yo‘lida odimlamoqda

21:40 / 25.05.2023
Amerika kompaniyasi GTL zavodiga 1 mlrd dollar investitsiya kiritadi

10:00 / 30.10.2022
“O‘zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” zavodining ishlab chiqarish quvvati oshirilishi natijasida dizel yonilg‘isi narxi arzonlashtirildi

16:13 / 25.12.2021