Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron tashqi ishlar vaziri Isroilga qarshi amaliyotlar yakuniga e’tibor qaratdi
Eronning Isroilga qarshi harbiy amaliyotlari «so‘nggi daqiqagacha, soat 4:00 gacha» davom etdi, deb yozdi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Foto: Elif Ozturk/Anadolu Agency/IMAGO
Eronning Isroilga qarshi harbiy amaliyotlari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 4:00 da yakunlandi. Bu haqda Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chining 24 iyun, seshanba kuni Tehron vaqti bilan soat 4:03 da X ijtimoiy tarmog‘ida chop etilgan bayonotida aytiladi.
«Qudratli qurolli kuchlarimizning Isroilni tajovuzkorligi uchun jazolashga qaratilgan harbiy amaliyotlari so‘nggi daqiqagacha, ertalabki soat 4 gacha davom etdi», — deyiladi postda. Shu bilan birga, diplomat o‘z mamlakatini «so‘nggi tomchi qonigacha himoya qilishga» va dushmanning har qanday hujumiga so‘nggi daqiqagacha javob berishga tayyor bo‘lgan Eron harbiylariga minnatdorchilik bildirdi.
Ayrim kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari Eron TIV rahbarining bu bayonotini Islom Respublikasining Isroil bilan mojaroda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligi sifatida izohladi. Avvalroq, 23 iyun kuni kechqurun AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Eron va Isroil yaqin soatlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Tehron vaqti bilan soat 3:46 da Abbos Arag‘chi X'da Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv yo‘qligini, ammo Isroil uni Tehron vaqti bilan ertalab soat 4 dan kechiktirmasdan to‘xtatsa, Eron «javob harakatlarini to‘xtatishga» tayyorligini yozdi.
«Hozircha o‘t ochishni yoki harbiy amaliyotlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv mavjud emas. Biroq Isroil rejimi Eron xalqiga qarshi noqonuniy tajovuzni Tehron vaqti bilan ertalab soat 4 dan kechiktirmay to‘xtatsa, biz bundan keyin javob harakatlarimizni davom ettirish niyatida emasmiz», — deya ta’kidladi Arag‘chi postda. «Harbiy harakatlarimizni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy qaror keyinroq qabul qilinadi».
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

13:05 / 09.07.2025