GTL zavodi mintaqada neftgaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxona hisoblanadi – Shavkat Mirziyoyev
Prezident “GTL” zavodining O‘zbekistonda va mintaqada neftgaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxona ekanligini ta’kidlar ekan, bu yerda tayyorlanadigan yuqori sifatli aviakerosinga talab ko‘pligi haqida gapirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Zavodda yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar, jumladan, bir yilda 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.
Ushbu mahsulotlar hisobiga, yiliga 500 million dollarlik import o‘rni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi.
Alohida ta’kidlash kerak, biz 300 million dollarlik gazni qayta ishlab, uni qiymati 3 barobar yuqori va dunyo bozorida talab katta bo‘lgan tayyor mahsulotlarga aylantiramiz.
Buning uchun to‘la asosimiz bor. Chunki bu yerda ishlab chiqarilgan aviakerosin boshqa zavodlar mahsulotiga nisbatan juda toza va sifatli bo‘lib, eng zamonaviy samolyotlarga mo‘ljallangani uchun, unga hamisha talab yuqori hisoblanadi” deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, innovatsion texnologiyalar asosida barpo etilgan zavod o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydi, ya’ni texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan bug‘ hisobidan, yiliga 650 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Zavodda ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan va texnologiyalarni boshqarish, monitoring va xavfsizlikni ta’minlash kabi muhim jarayonlarga inson omili ta’siri juda kam darajada ekanligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
«Chelsi»ni sotishdan tushgan pul: London Abramovichga sud bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 12:35
-
Rossiya telekanallari ko‘priklar portlatilishi va harbiy aerodromlarga hujumlarni qanday yoritdi?
Jahon | 12:10
-
O‘rmon agentligi tashkil etildi
O‘zbekiston | 12:01
Mavzuga oid

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

21:19 / 21.12.2024