Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi urush: tomonlarning bayonotlari, dunyo munosabati, yordam va sanksiyalar
Rossiya armiyasining Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq voqea-hodisalarga oid so‘nggi rasmiy xabarlar va yangiliklarning ertalabki qisqacha sharhi bilan tanishing.
Ukraina tomonining bayonotlari
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jahonda urush bilan bog‘liq charchoq kuzatilayotgani, odamlar «o‘zi uchun qandaydir natijaga erishish»ni istayotgani, shu sababli Ukrainani Rossiya bilan o‘z manfaatlariga zid natijali muzokaralarga ko‘ndirishga urinishlar bo‘layotganini ta’kidladi.

«Albatta, bizning manfaatlarimizga aniq zid bo‘lgan natijalarga bizni ko‘ndirish uchun barcha maksimal harakat qilishni istashmoqda, chunki u yoki bu narsa qaysi bir tomonning manfaatlariga mos ekani borasida bizdan so‘rab ham o‘tirishmayapti. Manfaatlar esa turlicha, goh moliyaviy, goh siyosiy. Charchash kuchayib bormoqda, odamlar o‘zlari uchun qandaydir natijaga erishishni istashmoqda. Lekin siz-u bizga bizni qoniqtiradigan natija kerak», — degan Zelenskiy jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan buyon o‘tgan vaqt ichida 32 jurnalist vafot etgan, deb yozgan Ukraina madaniyat va axborot siyosati vaziri Aleksandr Tkachenko.
«To‘laqonli urushning to‘rtinchi oyi va biz 32 jurnalistdan ayrildik... 8 yil urush ichida o‘ldirilganlar soni undan-da ko‘proq», — degan vazir.
Urushda g‘alaba qozonish uchun Ukrainaga kamida 60 ta birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimlari kerak, AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan va’da qilingan bir uyum qurol-yarog‘ emas, degan Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Aleksey Arestovich The Guardian nashriga bergan sharhida.
«Agar biz 60 ta ana shunday tizimga ega bo‘lsak, Rossiya qo‘shinlari to‘xtatiladi va ilgarilay olmaydi. Agar 40 taga ega bo‘lsak, ular katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lib, sekinlashadi. Agar 20 ta bo‘lsa — ular hozirgiga nisbatan ko‘proq yo‘qotishlar bilan baribir ilgarilashda davom etishadi», — degan Arestovich.
Ukraina qurolli kuchlari birlashgan operatsiyasi o‘tgan sutka ichida erishilgan natijalar haqida quyidagicha ma’lumot bermoqda (eslatib o‘tamiz, urush davrida e’lon qilingan ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tekshirishning imkoni yo‘q):
· Janglar 2 ta yo‘nalishda davom etmoqda va dushmanning 10 ta hujumi muvaffaqiyatli bartaraf etilgan.
· 1 ta tank, 3 ta artilleriya tizimi, 2 ta harbiy zirhli texnika, 1 ta transport vositasi yo‘q qilingan.
· Havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari Donbass osmonida 2 ta «Orlan-10» tipidagi pilotsiz uchar qurilmani urib tushirgan.
«Sxid» («Sharq») tezkor-taktik guruhining ma’lumotlariga ko‘ra, dushman qo‘shinlarining talafoti 48 nafarni tashkil etgan.
Rossiya tomonining bayonotlari
Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXV Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi qatnashchilariga murojaatida G‘arb davlatlarini «global inflatsiya to‘lqini»ni keltirib chiqarish va dunyo bo‘ylab «qashshoqlik va oziq-ovqat taqchilligining o‘sishi»da aybladi.
«G‘arb davlatlarining iqtisodiy siyosatdagi ko‘p yillik xatolari hamda nolegetim sanksiyalari global inflatsiyaning o‘sishiga, an’anaviy logistika va ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishiga, qashshoqlik va oziq-ovqat taqchilligining keskin oshishiga olib keldi», — degan Putin.
«G‘arb davlatlarining yangi sanksiyalaridant ko‘zlangan maqsad, aftidan, Rossiya emas jahon iqtisodiyotida yong‘in keltirib chiqarish. Lekin ishlari o‘ylanganidek ketmayotgan yevropaliklar shu zaylda davom etaverishlari, 100500-sanksiya paketlarini joriy etaverishlari mumkin», — deb yozgan RF Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘z Telegram-kanalida.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh va boshqa g‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan joriy etgan sanksiyalarni bekor qilib, uzr so‘ramaguncha Ukrainadagi maxsus operatsiya davom ettirilishi kerakligini ta’kidladi.
Rossiya Mudofaa vazirligining maxsus vakili Igor Konashenkovning brifingida e’lon qilingan ma’lumotlar (eslatib o‘tamiz, urush davrida e’lon qilingan ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tekshirishning imkoni yo‘q):
· Raketa qo‘shinlari va artilleriya tomonidan Ukraina QKning tirik kuchlari va harbiy texnikasi jamlangan 431 ta hududga zarba berilgan, 7 ta boshqaruv punkti, 34 artilleriya va minomyot bo‘linmalarining o‘t ochish pozitsiyalari yo‘q qilingan. Zarbalar natijasida yo‘q qilingan askarlar soni 300 dan ortiq, shuningdek, 10 ta tank, 2 ta «Grad» birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimi, 17 ta maxsus avtomobil, 17 ta dala artilleriyasi va minomyot qurol-yarog‘lari, Gorloka hududida raketa-artilleriya qurol-yarog‘larining 3 ta ombori yo‘q qilingan.
· Maxsus operatsiya boshlanganigan buyon Ukraina harbiy texnikalari yo‘qotishlari: 190 ta samolyot, 129 ta vertolyot, 1127 ta pilotsiz uchar qurilma, 330 ta zenit raketa majmualari, 3424 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashinalar, 473 ta birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimi qurilmalari, 1795 ta dala artilleriyasi va minomyot qurollari, shuningdek, 3446 birlikda maxsus harbiy avtomobil texnikasi.
Ukrainaga ko‘mak
Buyuk Britaniya Ukrainaga M270 birvarakayiga o‘t ochish reaktiv tizimini jo‘natadi, degan bosh vazir Boris Jonson. Avvalroq Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles 80 km masofadagi nishonni mo‘ljalga oluvchi M270 Ukrainaga berilishi haqida e’lon qilgan edi.
Norvegiya Ukrainaga 20 dona 155 mm li M109/A3GN o‘ziyurar gaubitsalarini yetkazib beradi.
Germaniya Ukrainaga «Leopard» tanklarini jo‘natmaslik uchun yaxshi bahona o‘ylab topgan. Nemis hukumati bunda «tarixiy sabablar»ga tayanmoqda. «Spiegel» nashrining hukumatdagi o‘z manbalariga tayanib yozishicha, nemis hukumati «Leopard» tanklari Rossiya hududiga bostirib kirishidan hayiqishmoqda. Nemis tanklarining yana Rossiya hududida paydo bo‘lishi esa ruslarni nihoyatda g‘azablantirishi mumkin.
Ukraina, Rossiya va Turkiya Odessa portidan g‘allani olib chiqish sxemasini kelishib olishgan. «Izvestiya» nashriga ko‘ra, Odessa sohiliga yaqin hududlarni suvosti minalaridan tozalash bilan Turkiya shug‘ullanadi. Turkiya, shuningdek, portdan chiqayotgan kemalarni neytral suvlargacha kuzatib boradi. U yerda kemalarni Rossiyaning harbiy kemalari kutib oladi va ularni Bosfor bo‘g‘ozigacha kuzatadi.
Sanksiyalar va Rossiyaning qarshi choralari
Latviyaning elektron OAVlar bo‘yicha milliy kengashi (NEPLP) mamlakatda ko‘rish mumkin bo‘lgan 80dan ortiq Rossiya telekanallarining translatsiyasini taqiqladi. Qaror 9 iyundan kuchga kiradi va Rossiya Ukrainadagi urushni to‘xtatib, Qrimni qaytarib bermaguncha amalda bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida Rossiyaning «Dojd» telekanali Latviyada efirga chiqish uchun litsenziya olgan.
Rossiyaning barcha ta’lim tashkilotlari Bolonya ta’lim jarayonidan chetlashtirildi.
Rossiya «Rosselxozbank», Moskva kredit banki va Belarus rivojlanish va tiklanish bankiga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi. Yaponiya shuningdek Rossiyaga sanoat infratuzilmasini mustahkamlashga yordam beradigan tovarlarni eksport qilishiga taqiq joriy qilmoqchi, deb xabar bergan kunchiqar yurt tashqi ishlar vazirligi.
Nyu-York federal sudi Roman Abramovichning jami 400 mln AQSh dollariga baholanuvchi ikkita xususiy samolyoti — Boeing 787-8 Dreamliner va Gulfstream G650ER uchoqlarini hibsga olish uchun order berdi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan energiya tashuvchilari embargosiga erishish payida bo‘lib turgan bir paytda, Yevropa kompaniyalari Rossiya neftini tashishni qariyb ikki barobarga ko‘paytirgan, deb yozadi The Independent. Nashrning qayd etishicha, Gretsiya, Kipr va Malta bilan bog‘liq kemalar fevral oyida 31 mln barrel Rossiya neftini tashigan bo‘lsa, may oyida bu ko‘rsatkich 58 barrelga yetgan.
An’anaviy taomlarga ixtisoslashgan Britaniya Fish and Chips muassasalarining uchdan ikki qismi Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar ortidan oshib ketgan xarajatlar tufayli yopilishi mumkin, deb xabar bergan Sky News telekanali.
Janubiy Koreya kompaniyalari nafaqat Rossiya bozorini tark etishga shoshilishmayapti, ular bozorni tark etayotgan bizneslarni xarid qilishga ham tayyor. Bu haqda Janubiy Koreyaning Shimoliy yo‘nalishdagi ishbilarmonlari federatsiyasi faxriy prezidenti Kim Yun-Sik RIA Novostiga xabar bergan.
Konki uchuvchilar xalqaro ittifoqi (ISU) Rossiya va Belarus sportchilarini o‘z kongressida ishtirok etishdan chetlatishdan bosh tortdi.
Xalqaro hamjamiyatning munosabati
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken o‘zining Konstitutsiya kuni bilan tabriknomasida Rossiyani Ukrainada olib borayotgan urushi uchun javobgarlikka tortish lozimligini qayd etdi.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto mamlakat parlamenti spikeri Laslo Kyoverning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyda «ruhiy muammolar bor»ligi to‘g‘risidagi bayonotini qo‘llab-quvvatladi.

«So‘nggi oylarda Vengriyada o‘n minglab odamlar Ukrainaga va ukrain xalqiga ko‘mak berish uchun ishlaganiga qaramasdan Ukraina siyosatchilari Vengriya haqida toqat qilib bo‘lmas ohangda gapirishmoqda, bizni provokatsiya qilishmoqda, yolg‘on gapirib, bizni qoralashmoqda. Ular biror marta eshittirib minnatdorlik bildirishmadi. Shulardan kelib chiqsak, garcha bu ukrainlarga yoqmayotgan bo‘lsa ham, Laslo Kyover mutlaqo haq», — degan Siyyarto.
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning 24 fevral kuni Ukrainaga bostirib kirish arafasidagi razvedka ma’lumotlaridan maxfiylik grifini olib tashlashga buyruq berdi. Chunki o‘sha vaqtda AQSh rasmiy shaxslarining bayonotlari ittifoqchilar tomonidan skeptitsizm (kinoyali ishonqiramaslik) bilan kutib olingan.
Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosda bostirib kirishi arafasida AQSh razvedkasi vakillari amerikalik siyosatchilarga asl vaziyatni tushuntirib berishgan. Siyosatchilar bu haqda xorijlik hamkasblariga aytishganda, ular bu ma’lumotlarga ishonishmagan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

08:00
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi

21:32 / 14.07.2025
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi

15:14 / 14.07.2025
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC

14:43 / 14.07.2025