Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC
Ular Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainadagi janglarda qatnashgani ta’kidlanmoqda. Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘pi Rossiya koloniyalaridan urushga ketgan mahbuslardir.

Foto: Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Britaniyaning BBC nashri va Rossiyaning «Mediazona» agentligi ko‘ngillilar jamoasi Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin paytida Rossiya tomonida jang qilgan va halok bo‘lgan 119 mingga yaqin harbiyning ismi-sharifini aniqladi. Ular orasida 28 ta davlat vakili, jumladan o‘zbekistonliklar ham bor.
Qayd qilinishicha, ular Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan va o‘limi ochiq manbalar - hukumat hisobotlari, ijtimoiy tarmoqlardagi qarindoshlarining postlari yoki qabrdagi fotosuratlari asosida tasdiqlangan xorijliklardir. Aslida Ukrainada Rossiya tomonida jang qilib, halok bo‘lgan xorijlikliklar soni ancha ko‘p. Ismlar ro‘yxatini tuzishda Ukraina tomoni yoki G‘arb razvedkasi ma’lumotlaridan foydalanilmagan.
Mahbuslardan tortib ko‘ngillilargacha
Chet elliklar orasida halok bo‘lganlar soni bo‘yicha KXDR yetakchilik qilishi ehtimoli katta. Ammo shimoliy koreyaliklar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi va rasmiy Pxenyan o‘z yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlarni yashiradi, shuning uchun hozirgacha Shimoliy Koreyaning birorta qurboni nomi aniqlanmagan. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 600 nafarga yaqin askari Ukrainadagi frontda halok bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, shaxsi aniqlangan xorijliklar orasida eng ko‘pi Tojikistondan (72 kishi), ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston (66 kishi) fuqarolari. Ularning ismi-sharifi maqolada keltirilmagan.
Ikkala holatda ham halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi Rossiya koloniyalaridan frontga ketgan. Tojikistondan 43 nafar va O‘zbekistondan 46 nafar mahbus qamoq jazosidan qutulishga harakat qilib, ko‘pincha «Vagner» XHK bilan shartnoma imzolagan.
2023 yil yanvar oyidan boshlab koloniyalardan yollash huquqi faqat Rossiya Mudofaa vazirligiga o‘tdi va «vagnerchilar» asta-sekin orqaga surildi. Yevgeniy Prigojinning muvaffaqiyatsiz isyoni, «Vagner»ning amalda tarqatib yuborilishi va keyinchalik, Prigojinning aviahalokatda qurbon bo‘lishi ortidan «vagnerchilar»ning koloniyalardagi faoliyatiga barham berildi. 2024 yilda koloniyalardagi chet elliklarni frontga yollash holatlari hali ham kuzatildi, biroq endi ommaviy emas edi.
Huquq faollariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi Rossiyada ishlayotgan Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlarga bosim o‘tkazish vositasiga aylandi. Ta’kidlanishicha, ular, masalan, mamlakatga kirish taqiqini bekor qilish, fuqarolikni olishni tezlashtirish yoki deportatsiyani bekor qilish va’dalari evaziga urushda qatnashishga majbur bo‘ldi. Advokatlar migrantlar tahdid ostida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majburlangan ko‘plab holatlarni qayd etgan.
Sobiq sovet hududida Ukrainada halok bo‘lgan gurjistonlik migrantlar (63 kishi) ajralib turadi. Ularning deyarli barchasi 1991-1993 yillarda amalda Tbilisi nazoratidan chiqib ketgan Janubiy Osetiya va Abxaziyaning aholisidir. Kavkaz aholisi ko‘pincha urushga ko‘ngillilar sifatida borgan, ba’zilari esa Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanishidan oldin ofitser yoki professional askar bo‘lgan.
Uzoq xorijliklar orasida halok bo‘lganlarning eng ko‘pi Nepal fuqarolari bo‘lib, 70 kishining ismi ro‘yxatga olingan. Yana 50 nafar nepallik bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Katmandu hukumati allaqachon jasadlarning shaxsini aniqlash uchun qarindoshlarining DNK namunalarini Rossiyaga yuborgan.
Ukrainaga qarshi urushda Rossiya uchun jang qilgan arifkaliklar ham bor, ular Efiopiya, Zambiya, Markaziy Afrika Respublikasi, Tanzaniya va Togo fuqarolari. Ko‘ngillilar Ryazandagi qabristonda shri-lankaliklarning ismi yozilgan to‘rtta taxtacha topdi. Shri-Lanka hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, bu mamlakatdan kamida 288 nafar iste’fodagi askar Rossiya armiyasida xizmat qilgan, ulardan 16 nafari halok bo‘lgan.
Rossiya uchun o‘lganlar orasida amerikaliklar ham bor. Ulardan biri Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) direktori amaldagi o‘rinbosarining o‘g‘li Maykl Gloss. 2023 yil avgust oyida Maykl Rossiyaga borgan va sentabr oyida shartnoma imzolagan. 2024 yil aprel oyida halok bo‘lgan.
Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi safida «sanoqli» amerikaliklar bor, ammo Ukraina tomonida jang qilganlar soni 2-3 mingga yetadi.
O‘lganlar ro‘yxatiga, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari tarkibida frontda halok bo‘lgan 54 nafar Ukraina fuqarosi ham kiritilgan. Bular faqat keng ko‘lamli urush boshlanganda Ukraina nazorati ostidagi hududlarda ro‘yxatga olingan odamlardir. Ularning aksariyati jazoni o‘tash koloniyalaridan urushga jalb qilingan. Rossiya tomonida jang qilayotgan Ukrainaning Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojiye viloyatlari aholisi alohida hisobga olingan, ularning yo‘qotishlari bu maqolada aks ettirilmagan.
Qurbonlar soni qanday hisoblandi
Rossiyada har kuni o‘lganlarning ismi va dafn marosimlari fotosuratlari nashr etiladi. Ko‘pincha ismlarni Rossiya viloyatlari rahbarlari yoki tuman ma’muriyatlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari va o‘lganlar ilgari o‘qigan maktab vakillari, shuningdek, qarindoshlari beradi.
BBC, «Mediazona» va ko‘ngillilar jamoasi bu ma’lumotlarni o‘rganib, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri tuzilayotgan ro‘yxatga qo‘shmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

16:14 / 02.08.2025
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

12:49 / 02.08.2025