Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom taraqqiyot banki onkologiya xizmatini rivojlantirishga mablag‘ ajratadi
Prezidentning “Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi "O‘zbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Islom taraqqiyot banki
Norma’ning yozishicha, O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki (ITB) o‘rtasida 2021 yil 4 sentabrda "O‘zbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)" loyihasini moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga jami 80 million AQSh dollari miqdorida qarz bitimi imzolangan.
Loyihaning II bosqichini 2022-2026 yillarda amalga oshirish doirasida onkologiya muassasalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ularni jihozlash uchun 110 turdan ortiq tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar xarid qilish, onkologiya xizmati salohiyatini tubdan oshirish, soha mutaxassislarini o‘qitish va tayyorlash va boshqa tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- Sog‘liqni saqlash vazirligi loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB qarzidan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "O'zmedimpeks" mas’uliyati cheklangan jamiyati loyiha doirasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kontragent hisoblanadi;
- ITBning qarz mablag‘larini qaytarish, shu jumladan qo‘shimcha (ustama) va foizlar, boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- "O‘zbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)" loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
- "O‘zbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)" loyihasi bo‘yicha Islom taraqqiyot bankining qarz mablag‘larini qaytarish, shu jumladan qo‘shimcha haq (ustama) va foizlarni to‘lashning prognoz jadvali;
- "O‘zbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)" loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablag‘larining sarflanish yo‘nalishlari taqsimoti.
Loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Bunda, soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanishi yoki budjet mablag‘lari hisobidan to‘lab berilishi natijasida iqtisod qilingan mablag‘lar O‘zbekistonning loyihani amalga oshirishga qo‘shgan ulushi sifatida hisobga olinadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi

16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi

14:03 / 20.02.2025
ITB O‘zbekistonda ta’lim va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun salkam 300 mln dollar ajratadi

10:41 / 16.01.2025