Toshkentda Xalqaro animatsiya forumi o‘tkaziladi

Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati
Joriy yilning 18-22 aprel kunlari Toshkentda Tashkent International Animation Forum (TIAF-22) bo‘lib o‘tadi. Animatsion forum Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Shveytsariya va Isroilning O‘zbekistondagi elchixonalari, Toshkentdagi Gyote instituti, Bazelevs kinokompaniyasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Milliy kinofondi hamda "DRF" community independent filmmakers of Uzbekistan” kinostudiyasi hamkorligida tashkil etiladi. Forumda Germaniya, Gruziya, Isroil, Ozarboyjon, Tojikiston, Rossiya, Ukraina va Chexiya davlatlaridan animatsiya mutaxassislari, shu bilan bir qatorda o‘zbek animatorlari va “Aqlvoy”, “Bolajon” telekanallaridan vakillar ishtirok etadi.
Animatsion forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Ushbu Farmonda “O‘zbekmultfilm” studiyasini tashkil qilish, faoliyatini jahon tajribasi asosida yo‘lga qo‘yish, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek xorijiy animatsiya studiyalari bilan muzokaralar olib borish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tajriba almashish, o‘quv kurslari tashkil qilish belgilangan, – deya ta’kidladi Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov.
Forum doirasida mohir animatorlar tomonidan taqdimotlar, mahorat darslari, master-klaslar, ijodiy uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, 10 ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan animatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tadi.
Forumning e’tiborli jihati, unda chet eldan etalon negativlari qaytarilgan o‘zbek multfilmlari ilk bor keng jamoatchilikka namoyish etiladi. Shuningdek, “Yoshlik” studiyasining “Zumrasha” hajviy jurnali yangi soni taqdimoti hamda xorij animatorlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi multfilmlar kichik tomoshabinlar e’tiboriga taqdim qilinadi. Ushbu forum doirasida viloyatlar bo‘ylab ham tadbirlar tashkil etiladi. Bolajonlar uchun turli xil mavzularda multfilmlar namoyish etilishi bilan birga, master-klasslar o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, bolalarga pedagoglar va professional animatorlar bilan muloqot qilish va tajriba almashish imkoniyati taqdim qilinadi. Ular uchun “Astir animation studio”, “Futurist studio”, “Dip animation studio” hamda xorij animatsiya studiyalarining ishlari namoyish etiladi. Yana shuningdek, forum doirasida o‘smirlar uchun yosh ijodkorlar tomonidan yaratilgan filmlar taqdimoti o‘tkaziladi.
Ushbu havola orqali forumda ro‘yxatdan o‘tish mumkin: http://tiaf.uz/ru/registration
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

11:11 / 11.04.2025
Saida Mirziyoyeva «Donocha» kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

22:41 / 22.01.2025
Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortildi

18:06 / 05.06.2024
Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligi rahbarligidan ketdi

22:50 / 28.03.2024