Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda hamshiralar uylarni oqlashga jalb qilingani yuzasidan ikkita rahbarga jazo tayinlandi

Foto: KUN.UZ
Bir necha kun oldin Kun.uz saytida Nukusda hamshiralar uylarni oqlash ishlariga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Unda Nukus shahridagi 6-sonli oilaviy poliklinikaning 10 nafar hamshirasi sovuq va namgarchilikda aholi uylarini oqlashga majburlangani aytilgandi.
Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va O‘zbekiston mehnat vazirligi tomonidan maxsus tekshiruv ishlari boshlangandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Nukus shahar 6-sonli oilaviy poliklinikaning bosh shifokori Z.Qurbonova hamda bosh shifokor o‘rinbosari M.Yesbergenova xodimlarni ishdan tashqari mehnatga jalb qilgani aniqlangan. Shuning uchun har ikkala rahbarga tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, yuqoridagi holatda majburiy mehnatga jalb qilish holatlari aniqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismida Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

15:55 / 12.07.2025
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

15:23 / 07.05.2025