Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IMEI odamlar sezmaydigan darajada qulay tizim bo‘lishi kerak - Davletov
UzIMEI tizimi arzon va fuqarolarga qulay bo‘lishi kerak, deya iste’molchi sifatidagi shaxsiy fikrini bildirdi adliya vaziri Ruslanbek Davletov. U AKT vaziri Sherzod Shermatov bu tizimni yengillashtirish bo‘yicha hukumatga takliflar kiritishiga umid bildirdi.

“Bu sohani boshqaradigan vazirliklar bor. Bu masala bekorga ko‘tarilmaydi, jamoatchilikni ta’siri… hozir men aytsam, hamma [shov-shuv qiladi]. Men bu sohada mutaxassis emasman. O‘zimni fikrimni aytishim mumkin.
Albatta, bu soddalashishi kerak. Biz ratsionalizatormiz, juda ko‘p narsalarga e’tibor qilamiz. Osonlashtirish, oddiy qilish va pulini arzonlashtirish. U qandaydir og‘ir jarayon bo‘lmasligi kerak, odamlar sezmasligi kerak. Chunki ko‘p davlatlarda bor IMEI registratsiyasi, yana ko‘p davlatlar kirityapti. Buni yaxshi tomonlari ham bor, mana rasmiy ravishda kirib kelgan telefonlar soni [avvalgi yillar bilan] farqiga, davlatga tushayotgan bojlarni farqiga qarang. To‘g‘ri narsa bu, faqat bu qulay bo‘lishi kerak, tamom.
Menimcha, hozircha bu bo‘yicha AKT vaziri Sherzod Hotamovich ishlayapti. Aynan yengillashtirish bo‘yicha, sohani takomillashtirish bo‘yicha. U ham hukumat a’zosi. O‘ylaymizki, yaqinda bu boradagi takliflarini beradi”, – dedi Davletov 7 fevral kungi matbuot anjumanida.
Yaqinda Kun.uz bilan suhbatlashgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov bir necha yildan buyon e’tirozlarga sabab bo‘layotgan UzIMEI tizimi borasida fikr bildirib, bu tartib joriy qilinishi ortidan O‘zbekistonga bir yilda olib kiriladigan mobil qurilmalar 7–9 mingdan 3 milliontaga oshgani haqida gapirgandi.
Shermatovning fikricha, IMEI'ni ro‘yxatdan o‘tkazish qulay bo‘lishi, shu bilan birga tekin bo‘lmasligi kerak. Vazir bu tizimni yo‘qotish kerak degan fikrlar – mobil qurilmalarning noqonuniy importidan “dolya” olib turganlarning lobbisi deb hisoblashini aytdi. Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchradi.
Avvalroq Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh iqtisodchisi, ekspert Vinayak Nagaraj UzIMEI “tushunarsiz byurokratik” tizimligini qayd etib, O‘zbekistonni orqaga tortayotgan siyosatlardan biri ekanli haqida yozib chiqdi. Buning ortidan UzIMEI tizimi bilan bog‘liq masalalar yana kun tartibiga qaytdi.
O‘zbekistonda 2020 yildan mobil qurilmalarni IMEI tizimida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish boshlangan vaqtda ko‘plab tushunmovchilik va noroziliklar paydo bo‘lgandi. Xususan, xorijdan kelgan ko‘plab fuqarolar o‘zlari bilan olib kelgan mobil telefonlarini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lganida, ularning nomiga allaqachon boshqa mobil qurilmalar UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgandi.
“Mening fikrim” portaliga huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tomonidan IMEI kodlarni ro‘yxatga olishda to‘lov undirishni bekor qilish bo‘yicha kiritilgan jamoaviy murojaat e’lon qilinganidan so‘ng bir yil o‘tib Qonunchilik palatasi tomonidan rad qilingan.
Kun.uz jamiyatni qiynab kelayotgan ushbu tizim borasida ekspertlar va jamoatchilik faollarining fikrlari, taklif va tanqidlarini jamlab, berib kelmoqda.
Tizimdagi kamchiliklar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda UzIMEI tizimining monopol operatori – “O‘zbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKka 2021 yil noyabr oyida Kun.uz tomonidan yuborilgan jurnalistik so‘rovga esa vazirlik javob ham, izoh ham bermadi.
2021 yil oktabr oyida “O‘zbekiston TTBRM” DUKka borgan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov yaqin kelajakda mobil telefon raqamlarini ko‘chirish tizimi ishga tushirilishi hamda IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini iste’molchilar uchun osonlashtirishi haqida gapirdi, lekin bu hozircha amalga oshgani yo‘q.
Bundan tashqari, o‘tgan yillar mobaynida UzIMEI tizimida noqonuniy mobil telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun minglab fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini o‘g‘irlagan shaxslar ustidan ochilgan jinoiy ishlar yuzasidan ham javob berilmayapti.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston | 07:55
-
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi
Jahon | 07:40
-
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi
O‘zbekiston | 07:28
-
Maxsus xizmat: Germaniyada Rossiyaning josuslik urinishlari ko‘paydi
Jahon | 07:24
Mavzuga oid

21:38 / 22.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?

09:05 / 20.07.2025
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti

12:29 / 18.07.2025
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi

17:42 / 08.07.2025